O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 284.5 Kb.
bet138/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

333-modda. E’lonning mazmuni
E’londa quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) hujjat yo‘qolganligi to‘g‘risida ariza tushgan sudning nomi;
2) arizachining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
3) hujjatning nomi va farqlovchi belgilari;
4) yo‘qolganligi to‘g‘risida ariza berilgan hujjatni saqlovchiga ommaviy axborot vositalarida e’lon chiqqan kundan e’tiboran uch oy muddat ichida o‘zining mazkur hujjatga bo‘lgan huquqlari haqida sudga arz qilishi to‘g‘risidagi taklif.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 13.11.1992-yildagi 56-sonli “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda ularga bo‘lgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan ko‘rilishi to‘g‘risida”gi qarori 6-bandi.
334-modda. Hujjatni saqlovchining majburiyatlari
Yo‘qolganligi to‘g‘risida ariza berilgan hujjatni saqlovchi ajrim chiqargan sudga ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oylik muddat o‘tguniga qadar o‘zining hujjatga bo‘lgan huquqlari haqida ariza berishi va bunda hujjatning asl nusxasini taqdim etishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 13.11.1992-yildagi 56-sonli “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda ularga bo‘lgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan ko‘rilishi to‘g‘risida”gi qarori 7-bandi birinchi xatboshisi.
335-modda. Sudyaning hujjatni saqlovchidan ariza tushganidan keyingi harakatlari
Hujjat yo‘qolganligi to‘g‘risida e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oylik muddat o‘tguniga qadar sudga hujjatni saqlovchidan ariza tushgan taqdirda, sudya ajrim chiqarib, unda hujjati yo‘qolganligi haqida ariza bergan shaxsga hujjatni olib qo‘yish to‘g‘risida hujjatni saqlovchiga nisbatan umumiy tartibda da’vo taqdim etish uchun muddat beradi va bu haqda hujjatni saqlovchini xabardor qiladi. Bu muddat ikki oydan oshmasligi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 13.11.1992-yildagi 56-sonli “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda ularga bo‘lgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan ko‘rilishi to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandi ikkinchi xatboshisi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling