O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 277-modda. Bayonnoma mazmuni
25-bob. Sud bayonnomalari
276-modda. Bayonnoma yuritish shartligi Har bir sud majlisi to‘g‘risida, shuningdek sud majlisi zalidan tashqarida qilingan har bir alohida protsessual harakat to‘g‘risida bayonnoma tuziladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 5-moddasi beshinchi qismi, 239-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 33-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 35-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarorining 16-bandining ikkinchi xatboshisi. 277-modda. Bayonnoma mazmuni Sud majlisi bayonnomasida ish muhokamasining yoki alohida protsessual harakatlarni amalga oshirishning barcha muhim jihatlari aks ettirilishi kerak. Sud majlisi bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi: 1) sud majlisi bo‘lib o‘tgan yil, oy, kun va joy; 2) sud majlisi boshlangan va tamomlangan vaqt; 3) ishni ko‘rayotgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, hamda sud majlisining kotibi; 4) ishning nomi va raqami; 5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovga ko‘maklashayotgan shaxslarning kelgan-kelmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 6) sudning taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirganligi; 7) ushbu moddaning 5-bandida ko‘rsatilgan shaxslarga sud chaqiruv qog‘ozlari va boshqa xabarnomalar topshirilganligi to‘g‘risidagi hamda ular sud majlisiga kelmaganligining sabablari haqidagi ma’lumotlar; 8) raislik qiluvchining barcha farmoyishlari va sudning alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqmasdan chiqargan ajrimlari; 9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari; 10) sudga taqdim etilgan barcha yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning yozma xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 11) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertlarning o‘z xulosalarini og‘zaki tushuntirishlari, mutaxassislarning tushuntirishlari, ashyoviy va yozma dalillarni ko‘zdan kechirishga taalluqli ma’lumotlar; 12) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri; 13) sudning hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori o‘qib eshittirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Sud majlisi bayonnomasida boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin. Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasiga sud majlisida yozib olish texnika vositalaridan foydalanilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Sud majlisining bayonnomasi audio- va videoyozuv vositalaridan foydalangan holda to‘xtovsiz yozib boriladi. Audio- va videoyozuv saqlanayotgan elektron yoki boshqa manbalar sud majlisi bayonnomasiga yoki alohida protsessual harakatlarni bajarish haqidagi bayonnomaga qo‘shib qo‘yiladi, unga tegishli yozuv kiritiladi. Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganlardan tashqari: sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi; sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishda ko‘maklashayotgan sudning nomi haqidagi; ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashayotgan, sudga kelgan sud protsessining boshqa ishtirokchilari to‘g‘risidagi; sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishiga ko‘maklashayotgan sudning va ishni ko‘rayotgan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha xodimlari haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi kerak. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 208, 209, 276, 278-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 19.05.2018-yildagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 26-bandi. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling