O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
2704-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasining xususiyatlari
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish chog‘ida sud nizolashilayotgan qarorning yoki uning ayrim qismlarining, harakatlarning (harakatsizlikning) qonuniyligini, nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining yoxud nizolashilayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning vakolatlarini tekshiradi, shuningdek nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzgan-buzmaganligini aniqlaydi. 2705-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida belgilangan qoidalarga ko‘ra sud tomonidan qabul qilinadi. Sud nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonun hujjatlariga zid ekanligini hamda da’vogarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, qarorni yoki uning ayrim qismlarini haqiqiy emas deb yoxud harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi. Agar sud nizolashilayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunga muvofiq ekanligini hamda da’vogarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini aniqlasa, arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi. Da’vo arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: 1) nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining nomi yoki harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, nizolashilayotgan qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, nizolashilayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy; 2) nizolashilayotgan qarorning to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb yoki harakatlarning (harakatsizlikning) qonunga xilof deb topilganligi; 3) sud xarajatlarining taqsimlanishi. Qaror haqiqiy emas deb, harakatlar (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilgan taqdirda, sud tegishli korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining yoki mansabdor shaxsning zimmasiga qonunga muvofiq qaror qabul qilish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud da’vogarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining yo‘l qo‘yilgan buzilishlarini boshqacha usulda bartaraf etish majburiyatini yuklaydi. Sudning ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori, agar uning ustidan apellatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) bo‘lsa, u qabul qilingan paytdan e’tiboran yigirma kun o‘tgach qonuniy kuchga kiradi. (231-bob O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son) Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling