O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
2702-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan da’vo arizasi bilan sudga murojaat etish muddatlari
Agar ushbu Kodeksda yoki o‘zga qonunlarda boshqa muddatlar belgilanmagan bo‘lsa, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi da’vo arizasi fuqaroning o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida unga ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran uch oy ichida sudga berilishi mumkin. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risida da’vo arizasi berishning uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin. 2703-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi da’vo arizasining shakli hamda mazmuni Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi da’vo arizasi ushbu Kodeksning 189-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak. Da’vo arizasida quyidagilar ham ko‘rsatilishi kerak: 1) nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining nomi yoki nizolashilayotgan harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxsning familiyasi va ism-sharifining bosh harflari; 2) nizolashilayotgan qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, nizolashilayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy; 3) da’vogarning fikriga ko‘ra, nizolashilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli buzilayotgan o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 4) da’vogarning fikriga ko‘ra, nizolashilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizlik) qaysi qonun hujjatiga zid bo‘lsa, o‘sha qonun hujjati; 5) da’vogarning qarorni haqiqiy emas, harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi talabi. Da’vo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida ko‘rsatilgan hujjatlar, shuningdek nizolashilayotgan qarorning matni ilova qilinadi. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling