O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni va aniq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish


Download 284.5 Kb.
bet109/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

261-modda. Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni va aniq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish
Sud hal qiluv qarori yozuvida yo‘l qo‘yilgan xatolarni yoki ochiq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni o‘z tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra tuzatishi mumkin.
Hal qiluv qarori yozuvida yo‘l qo‘yilgan xatolarni yoki ochiq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish haqidagi ariza u topshirilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.
Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni yoki ochiq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish to‘g‘risidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq, bu shaxslarning kelmaganligi tuzatishlarni kiritish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Hal qiluv qaroriga tuzatishlar kiritish yoxud tuzatishlar kiritishni rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Hal qiluv qaroriga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 21 va 24-bandlari.
262-modda. Qo‘shimcha hal qiluv qarori
Ish bo‘yicha hal qiluv qarorini qabul qilgan sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan quyidagi hollarda qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarishi mumkin, agar:
1) huquq to‘g‘risidagi masalani hal qilib, undiriladigan summaning miqdorini, olib berilishi kerak bo‘lgan mol-mulkni yoki javobgar amalga oshirishi shart bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa;
2) arz qilingan talablarning birortasi bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan va tushuntirishlar bergan bo‘lsalarda, biroq bu xususda hal qiluv qarori qabul qilinmagan bo‘lsa;
3) hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
Qo‘shimcha hal qiluv qarorini chiqarish to‘g‘risidagi masala hal qiluv qarori chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay qo‘zg‘atilishi mumkin.
Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Qo‘shimcha hal qiluv qarori ustidan asosiy hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinishi va protest keltirilishi mumkin.
Qo‘shimcha hal qiluv qarori asosiy hal qiluv qarori bilan birga qonuniy kuchga kiradi.
Qo‘shimcha hal qiluv qarorini chiqarish rad etilgan taqdirda, ajrim chiqariladi.
Qo‘shimcha hal qiluv qarorini chiqarishni rad etish haqidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 16-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qarorining 15-bandi birinchi, o‘n uchinchi xatboshilari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling