O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ajrimning ko‘chirma nusxalarini taraflar va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish


Download 284.5 Kb.
bet116/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

273-modda. Ajrimning ko‘chirma nusxalarini taraflar va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish
Ajrim alohida sud hujjati tarzida chiqarilgan hollarda, uning ko‘chirma nusxalari taraflarga, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga, shuningdek u daxldor bo‘lgan o‘zga shaxslarga ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida yuboriladi.
274-modda. Ajrimni ijro etish
Sud ajrimi, agar qonunda yoki sud tomonidan boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, darhol ijro etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 446 — 462-moddalari.
275-modda. Sudning xususiy ajrimi (qarori)
Ishni ko‘rish chog‘ida davlat organining yoki boshqa organning, tashkilotning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularning ishda ishtirokidan qat’i nazar, sud xususiy ajrim (qaror) chiqarishga haqlidir.
Xususiy ajrim (qaror) bilan sud tegishli organdan yoki mansabdor shaxsdan qonun hujjatlarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani o‘zlarining vakolatiga muvofiq ko‘rib chiqishni talab qilishi mumkin.
Xususiy ajrim (qaror) tegishli davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga yuboriladi, ular ko‘rilgan choralar to‘g‘risida bir oylik muddatda sudga xabar qilishi shart.
Sudning xususiy ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Agar sud ishni ko‘rayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun bu haqda prokurorga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 236-moddasi ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 29-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qarori 13-bandi, 15-bandining birinchi, yigirmanchi xatboshilari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling