O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 355-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
40-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
354-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari Ushbu bobda belgilangan qoidalar hakamlik muhokamasi taraflarining hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalari fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqilayotganda qo‘llaniladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi masala hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha tarafning arizasiga binoan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza qarzdor yashaydigan joydagi yoki turgan joydagi yoxud, agar qarzdor yashaydigan joy yoki turgan joy noma’lum bo‘lsa, uning mol-mulki turgan yerdagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga beriladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 346-moddasi 2-bandi, O‘zbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni 49 — 50-moddalari. 355-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida beriladi va hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: 1) ariza berilayotgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning nomi; 2) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan yeri; 3) hakamlik muhokamasi taraflarining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi; 4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana; 5) ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini olgan sana; 6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi talab. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzili va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak; 2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi; Oldingi tahrirga qarang. 3) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat. (355-moddaning to‘rtinchi qismi 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son) Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza qarzdorlarning soniga qarab ko‘chirma nusxalar bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan bo‘lsa, unga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 354-moddasida nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan bo‘lsa, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ushbu Kodeksning 194-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha bunday arizani qabul qilishni rad etadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni 51-moddasi. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling