O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 352-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari
351-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda hal qiluv qarori fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda nizolashilayotgan ishning materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan talab qilib olishi mumkin. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun ushbu Kodeksning 352-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va e’tirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi. Sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko‘rib chiqishga haqli emas. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 225, 233, 240-moddalari. 352-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari Hakamlik sudining hal qiluv qarori, agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza bergan hakamlik muhokamasi tarafi quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan bekor qilinishi kerak: 1) hakamlik bitimining qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra haqiqiy emasligini; 2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar bo‘yicha xulosalarini bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalaridan ajratib olish mumkin bo‘lsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalari bo‘lgan qismi bekor qilinishi mumkin; 3) hakamlik sudi tarkibining yoki hakamlik muhokamasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini; 4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini; 5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) to‘g‘risida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida zarur tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini. Agar hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lmasa, hakamlik sudining hal qiluv qarori sud tomonidan bekor qilinishi lozim. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunining 47-moddasi. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling