O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish hamda ijro etish


Download 284.5 Kb.
bet152/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

42-bob. Chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish hamda ijro etish
364-modda. Chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish
Chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlari, agar bu O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan bo‘lsa, tan olinadi hamda ijroga qaratiladi.
Chet davlat sudlarining fuqarolik ishlari yuzasidan hal qiluv qarorlari, jinoyat ishlari bo‘yicha chiqarilgan hukmlarining jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga oid qismi, shuningdek chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) fuqarolik nizolari bo‘yicha chiqargan hal qiluv qarorlari O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan tan olinishi hamda ijroga qaratilishi mumkin.
Chet davlat sudlarining yoki chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarori, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, u qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran uch yil muddat ichida majburiy ijroga qaratilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 26-moddasi birinchi qismi 5-bandi, 365 — 372-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi, 7-moddasi birinchi qismi 3-bandi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 10.06.1958-yildagi “Chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risida”gi Konvensiyasi.
365-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ariza
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ariza hal qiluv qarori foydasiga chiqarilgan nizo tarafi (bundan buyon matnda undiruvchi deb yuritiladi) tomonidan qarzdorning yashash joyidagi yoki turgan joyidagi sudga, agar yashash joyi va turgan joyi noma’lum bo‘lsa, uning mulki turgan joydagi sudga beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 26-moddasi birinchi qismi 5-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling