O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 367-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
366-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda beriladi va undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. Arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: 1) ariza berilayotgan sudning nomi; 2) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) nomi va joylashgan yeri; 3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi; 4) undiruvchi e’tirof etilishini va ijro etilishini iltimos qilayotgan chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarori haqidagi ma’lumotlar; 5) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish to‘g‘risida undiruvchining iltimosnomasi; 6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati. Arizada undiruvchining yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Ariza undiruvchilarning soniga qarab ko‘chirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 365, 367-moddalari. 367-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizaga, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 1) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) undiruvchi tan olinishi va ijroga qaratilishini iltimos qilayotgan hal qiluv qarorining chet davlat yoki O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi; 2) hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risidagi rasmiy hujjat, agar bu qaror matnining o‘zidan kelib chiqmasa; 3) hal qiluv qarori ilgari tegishli chet davlat hududida ijro etilgan bo‘lsa, uning ijro etilganligi to‘g‘risidagi hujjat; 4) hal qiluv qarori o‘z zarariga chiqarilgan va protsessda ishtirok etmagan taraf ishni ko‘rib chiqish vaqti va joyi to‘g‘risida o‘z vaqtida hamda tegishli tarzda xabardor qilinganligiga oid hujjat; 5) vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat; Oldingi tahrirga qarang. 6) agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida davlat bojini va pochta xarajatlarini to‘lashdan ozod qilish nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat. (367-moddaning 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son) 7) mazkur moddaning 1 — 5-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarning, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat tiliga qilingan, belgilangan tartibda tasdiqlangan tarjimasi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 365, 366, 368, 369-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining 10.04.2009-yildagi “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 6-bandi uchinchi xatboshisi. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling