O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hujjatni saqlovchining asossiz boyish to‘g‘risida da’vo taqdim etish huquqi


Download 284.5 Kb.
bet140/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

339-modda. Hujjatni saqlovchining asossiz boyish to‘g‘risida da’vo taqdim etish huquqi
O‘zining ushbu hujjatga bo‘lgan huquqlari to‘g‘risida biror sabab bilan o‘z vaqtida arz qilmagan hujjatni saqlovchi yo‘qolgan hujjat o‘rniga yangisini olish huquqi berilgan shaxsga nisbatan asossiz boyish to‘g‘risida da’vo taqdim etishi mumkin. Bunday da’vo hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyingina sudga taqdim etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 331 — 338-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 13.11.1992-yildagi 56-sonli “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda ularga bo‘lgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan ko‘rilishi to‘g‘risida”gi qarori 12-bandi.
37-bob. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash
340-modda. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash
Yo‘qolgan sud ishini yuritish sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, prokurorning arizasiga binoan, shuningdek sudning tashabbusiga ko‘ra tiklanishi mumkin.
Yo‘qolgan sud ishini yuritish to‘liq yoki uning sud fikriga ko‘ra tiklanishi zarur bo‘lgan qismi tiklanadi. Sudning hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi, agar ular ish yuzasidan chiqarilgan bo‘lsa, tiklanishi shart.
Arizachi yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etiladi. Bila turib yolg‘on ariza berilganda sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 293-moddasi 10-bandi, 341 — 345-moddalari.
341-modda. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza
Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza ishni ko‘rib chiqqan sudga beriladi.
Arizada ishga doir batafsil ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Arizachida saqlanib qolgan va ishga daxldor bo‘lgan hujjatlar yoki ularning ko‘chirma nusxalari, basharti ular belgilangan tartibda tasdiqlanmagan bo‘lsa ham, arizaga ilova qilinadi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling