O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Fuqarolik protsessual muomala layoqati
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
42-modda. Fuqarolik protsessual muomala layoqati
Sudda o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqati voyaga yetgan fuqarolar va tashkilotlarga tegishlidir. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasi. Voyaga yetmagan, ya’ni yoshi o‘n to‘rtdan o‘n sakkizgacha bo‘lgan fuqarolarning, shuningdek muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari sudda ularning ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar yoki homiylar tomonidan himoya qilinadi. Ammo bu hol voyaga yetmaganlarni va muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarni bunday ishlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum qilmaydi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 31-bobi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 23, 27-moddalari. Oldingi tahrirga qarang. Ota-onalardan aliment undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, shuningdek mehnat bilan bog‘liq huquqiy munosabatlardan va olingan ish haqini yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha voyaga yetmaganlar sudda o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini shaxsan himoya qilish huquqiga ega. Bunday ishlarda voyaga yetmaganlarga yordam berish uchun ularning ota-onalarini, ularni farzandlikka olganlarni yoki homiylarni jalb qilish to‘g‘risidagi masala sud tomonidan hal qilinadi. (42-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi O‘RQ-608-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/608/0278-son) O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muomalaga to‘la layoqatli deb e’lon qilingan (emansipatsiya) taqdirda, sudda o‘z huquqlari va majburiyatlarini shaxsan amalga oshirishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 34-bobi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-moddasi. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan kichik yoshdagi bolalarning, shuningdek ruhiy holati buzilganligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari — ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar yoki vasiylar himoya qiladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 66-moddasi, 31-bobi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 29, 131-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 74-moddasi ikkinchi qismi. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling