O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ekspertning majburiyatlari va javobgarligi


Download 284.5 Kb.
bet23/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

60-modda. Ekspertning majburiyatlari va javobgarligi
Ekspert: ushbu Kodeksning 22-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda o‘zini o‘zi rad etishi haqida darhol arz qilishi; o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun sudning chaqiruviga binoan kelishi; o‘zi o‘tkazgan ekspertiza xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi; ekspertizani o‘tkazishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini ta’minlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
Ekspert xulosa berishdan asossiz ravishda bosh tortganligi uchun, shuningdek, agar sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sudning chaqiruvi bo‘yicha kelmasa, ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortiladi.
Jarima solinishi ekspertni sudga kelish va xulosa berish majburiyatidan ozod etmaydi.
Bila turib yolg‘on xulosa berganlik uchun ekspert O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 145-moddasi, 212-moddasi to‘rtinchi qismi, 222-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasi.
61-modda. Mutaxassis
Dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda maslahatlar (tushuntirishlar) berish yo‘li bilan ko‘maklashish hamda ilmiy-texnika vositalarini qo‘llashda yordam berish maqsadida fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan, ishning yakunidan manfaatdor bo‘lmagan voyaga yetgan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok etish uchun sud tomonidan mutaxassis sifatida jalb etilishi mumkin.
Mutaxassisni jalb qilish to‘g‘risida ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqidagi ajrimda, sud majlisi davomida esa sud majlisining bayonnomasida ko‘rsatiladi.
Sudning mutaxassis chaqirish to‘g‘risidagi talabi mutaxassis ishlab turgan tashkilot rahbari uchun majburiydir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 54, 62, 102 va 241-moddalari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling