O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 284.5 Kb.
bet31/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

76-modda. Dalillarni ta’minlash
O‘zlari uchun zarur bo‘lgan dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin bo‘lmay qoladi yoki qiyinlashadi, dyeyishga asosi bo‘lgan shaxslar ariza berishidan oldin ham yoki keyin ham suddan bu dalillarni ta’minlashni iltimos qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudgacha bo‘lgan jarayonda notarial tartibda dalillarni ta’minlash choralarini ko‘rishga haqli.
(76-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Chet davlatlar organlarida ish yuritish uchun zarur bo‘lgan dalillarni ta’minlash qonunda belgilangan tartibda notariuslar tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 77, 78, 79-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 9, 11, 12-bandlari, 25-bandi birinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandi yettinchi, o‘ninchi xatboshilari, 9-bandi, 20-bandi uchinchi xatboshisi.
77-modda. Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza
Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza dalillarni ta’minlash bilan bog‘liq protsessual harakatlar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan hududda faoliyat olib borayotgan sudga beriladi.
Arizada ta’minlanishi zarur bo‘lgan dalillar, bu dalillar bilan tasdiqlanishi zarur bo‘lgan holatlar, dalillarni ta’minlash to‘g‘risida arizachini iltimosnoma bilan murojaat qilishga undagan sabablar, shuningdek ta’minlanadigan dalillar zarur bo‘lgan yoki ular keyinchalik asqotishi mumkin bo‘lgan ish ko‘rsatilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 76, 78-moddalari, 120-moddasi ikkinchi qismi, 204-moddasi 12-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 11-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling