O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Dalillarni ta’minlash tartibi


Download 284.5 Kb.
bet32/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

78-modda. Dalillarni ta’minlash tartibi
Dalillarni ta’minlash ushbu Kodeksda belgilangan dalillarni to‘plash va tekshirish qoidalari bo‘yicha sud tomonidan amalga oshiriladi. Arizachi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar dalillarni ta’minlash vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi dalillarni ta’minlash haqidagi arizani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi. Kechiktirish, shuningdek keyinchalik arizachi bilan kimning o‘rtasida nizo kelib chiqishini aniqlash mumkin bo‘lmagan hollarda, dalillarni ta’minlash faqat arizachining o‘zini xabardor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Dalillarni ta’minlash tartibida taraflarning, uchinchi shaxslarning tushuntirishlari eshitiladi, guvohlar so‘roq qilinadi, ekspertiza tayinlanadi, yozma va ashyoviy dalillar talab qilib olinadi yoki ko‘zdan kechiriladi, joyga borib ko‘zdan kechirish o‘tkaziladi.
Dalillarni ta’minlash tartibida to‘plangan barcha materiallar ishni ko‘rib chiqayotgan sudga yuboriladi yoki arizachiga beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Kodeksning 76, 77-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 11-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandi, 20-bandi uchinchi xatboshisi.
79-modda. Dalillarni ta’minlash masalalariga doir ajrim ustidan shikoyat qilish
Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Dalillarni ta’minlashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 76-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi, 15-bandi birinchi, yigirma birinchi xatboshilari, 16-bandi birinchi, yettinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandi o‘ninchi xatboshisi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling