O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 284.5 Kb.
bet35/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

84-modda. Yozma dalillar
Ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar, shartnomalar, ma’lumotnomalar, ishga oid yozishmalar, raqamli, grafik yozuv shaklida bajarilgan hujjatlar va materiallar, shu jumladan faks, elektron yoki boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning haqiqiyligini aniqlash imkonini beradigan o‘zga usulda olingan boshqa hujjatlar va materiallar yozma dalillardir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 71, 73, 74, 233-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 16-sonli “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 22-bandi.
Sudga taqdim etilayotgan, to‘liq yoki qisman chet tilida tuzilgan yozma dalillarga ularning tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimalari ilova qilinadi.
Chet davlatda olingan hujjat, agar u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan bo‘lsa, sudda yozma dalil deb tan olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 24-bandi.
Chet davlatda olingan hujjat O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda legalizatsiya qilinmasdan sudda yozma dalil deb tan olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2011-yil 5-iyuldagi PQ-1566-son qarori.
85-modda. Yozma dalillarni taqdim etish va talab qilib olish
Yozma dalilni taqdim etuvchi shaxs ushbu dalil bilan ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qanday holatlarni aniqlash mumkin ekanligini ko‘rsatishi, talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etilganda esa bu qanday dalil ekanligini ko‘rsatishi va yozma dalil muayyan shaxsda deb hisoblashi uchun qanday asosi borligini ko‘rsatishi shart.
Sud tomonidan davlat organlaridan, tashkilotlardan yoki fuqarolardan talab qilinadigan yozma dalillar bevosita sudga yuboriladi.
Sud yozma dalilni talab qilib olish haqida iltimosnoma bergan shaxsga ushbu dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqiga doir so‘rov ham berishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 73-moddaci, 80-moddasi oltinchi, yettinchi, sakkizinchi qismlari, 84-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling