O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillik


Download 284.5 Kb.
bet27/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

67-modda. Shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillik
Ishonch bildiruvchi o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha sudda ish yuritishni shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi.
Quyidagilar shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakil bo‘lishi mumkin:
1) advokatlar;
2) nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan yoki yon shajara bo‘yicha qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari;
3) yuridik shaxslarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari bo‘yicha;
4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — shu tashkilotlar a’zolarining ishlari bo‘yicha;
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari;
6) birgalikda ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirig‘i bo‘yicha;
7) ishni ko‘rib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan shaxslar.
Sudda ish yuritish bo‘yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug‘ullanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 39, 65, 68, 69-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 4-bandining 1, 3-xatboshilari, 5, 13, 14, 15-bandlari.
68-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish
Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang:O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 134, 139 — 141-moddalari.
Fuqarolar tomonidan beriladigan ishonchnomalar notariuslar yoki notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 135, 136-moddalari.
Davlat boshqaruvi organlarining, mansabdor shaxslarning vakillari tegishli organ rahbarining yoki mansabdor shaxsning imzosi bilan beriladigan ishonchnoma bo‘yicha harakat qiladi.
Tashkilot nomidan beriladigan ishonchnoma tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, imzo tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 138-moddasi birinchi qismi.
Tashkilotlarning rahbarlari sudga o‘z xizmat lavozimlarini yoki vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (Yangi tahriri) 79-moddasi oltinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 39-moddasi to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonuni 14-moddasi.
Advokatning vakolatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 8-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazilgan (ro‘yxat raqami 1938) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlangan Advokat tomonidan ishni olib borishga order shakli, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling