387-modda. Apellatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar
Apellatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
(387-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128-moddasi.
apellatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda — uni imzolashga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 68-moddasi.
Sudning arizani qaytarish haqidagi yoki arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan apellatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza va unga qo‘shib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 194, 195-moddalari.
388-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) harakatsiz qoldirish
Oldingi tahrirga qarang.
Agar apellatsiya shikoyatini (protestini) berish paytida ushbu Kodeks 385 va 386-moddalarining talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa yoki davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berish uchun bojni, shuningdek pochta xarajatlarini to‘lamagan bo‘lsa, apellatsiya shikoyati (protesti) harakatsiz qoldiriladi.
(388-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Apellatsiya shikoyatini (protestini) harakatsiz qoldirish to‘g‘risida sudya bu shikoyatning (protestning) harakatsiz qoldirilishiga asos bo‘lgan kamchiliklarni va ularni tuzatish uchun berilgan muddatni ko‘rsatgan holda ajrim chiqaradi. Ajrim apellatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Agar shikoyat (protest) bergan shaxs ajrimda ko‘rsatilgan kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etsa, shikoyat (protest) dastlab sudga taqdim etilgan kunda berilgan hisoblanadi. Aks holda, shikoyat (protest) berilmagan hisoblanib, shikoyatni (protestni) bergan shaxsga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. Shikoyat (protest) uni bergan shaxsga ajrim bilan birga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 33-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 7-bandi ikkinchi xatboshisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |