O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan tushuntirish berish (e’tiroz bildirish)


Download 284.5 Kb.
bet165/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

391-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan tushuntirish berish (e’tiroz bildirish)
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlar (e’tirozlar) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etishga haqli.
Tushuntirishlar (e’tirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga qarab mutanosib miqdordagi ko‘chirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (e’tirozlar) mustasno. Sud tushuntirishlarning (e’tirozlarning) ko‘chirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi).
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 385 — 387, 390-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 33-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 8-bandi.
392-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining ishni shikoyat (protest) bilan birga olganidan keyingi harakatlari
Zarur hollarda, apellatsiya instansiyasi sudi:
ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyat (protest) yuzasidan tushuntirishlar (e’tirozlar) taqdim etishni taklif qiladi. Tushuntirishlar (e’tirozlar), shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga qarab ko‘chirma nusxalari bilan birga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (e’tirozlar), shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar mustasno. Sud tushuntirishlarning (e’tirozlarning) ko‘chirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi);
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan dalillarni talab qilib oladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 385 — 387, 390, 391-moddalari.
393-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) to‘ldirish, o‘zgartirish, shikoyatdan voz kechish va protestni qaytarib olish
Apellatsiya shikoyati bergan shaxs apellatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki undan voz kechishga haqli. Bunday voz kechish qonunga zid bo‘lmasa yoki birovning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga xilof bo‘lmasa, sud uni qabul qilishi mumkin.
Apellatsiya protesti keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror apellatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar protestni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki qaytarib olishga haqli.
Shikoyatdan voz kechish qabul qilganligi to‘g‘risida va protest qaytarib olingan taqdirda, apellatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi va unga ko‘ra apellatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) rad etish (chaqirib olish) sababli apellatsiya ishini yuritishning tugatilishi, agar tegishli sud qarori ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilinsa, boshqa apellatsiya shikoyatlarini (protestini) ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 385 — 387-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 36-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 33-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling