O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar


Download 284.5 Kb.
bet172/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

407-modda. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar
Kassatsiya shikoyatiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
(407-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan hollarda, uni imzolashga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.
Sudning arizani qaytarish haqidagi yoki arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza va unga qo‘shib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65, 68, 69, 128 — 131-moddalari, 406-moddasi.
408-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) harakatsiz qoldirish
Oldingi tahrirga qarang.
Agar kassatsiya shikoyatini (protestini) berish paytida ushbu Kodeks 405 va 406-moddalarining talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa yoki davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmagan shaxs shikoyat berish uchun bojni, shuningdek pochta xarajatlarini to‘lamagan bo‘lsa, kassatsiya shikoyati (protesti) harakatsiz qoldiriladi.
(408-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Kassatsiya shikoyatini (protestini) harakatsiz qoldirish to‘g‘risida sudya bu shikoyatning yoki protestning harakatsiz qoldirilishiga asos bo‘lgan kamchiliklarni va ularni tuzatish uchun berilgan muddatni ko‘rsatib ajrim chiqaradi. Ajrim kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Agar shikoyat (protest) bergan shaxs ajrimda ko‘rsatilgan kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etsa, shikoyat (protest) dastlab sudga taqdim etilgan kunda berilgan hisoblanadi. Aks holda, shikoyat (protest) berilmagan hisoblanib, shikoyat (protest) bergan shaxsga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. Shikoyat (protest) uni bergan shaxsga ajrim bilan birga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128 — 131-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 33-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling