O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish


Download 284.5 Kb.
bet182/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

433-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish
Nazorat tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilinganligi ko‘rsatilgan shaxslarning kelmaganligi ishning nazorat tartibida ko‘rilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Ish nazorat tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida ko‘rilganda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirilishi mumkin. Bunday holda ularga ishni nazorat tartibida ko‘radigan sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi. Biroq ularning kelmaganligi ishning ko‘rilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 156, 158, 159, 160, 162, 422, 430-moddalari.
434-modda. Ishni nazorat tartibida ko‘rish tartibi va muddatlari
Ish nazorat tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining nazorat tartibidagi shikoyatni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan yoki protest O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining kotibiyatiga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda, ushbu bobda nazarda tutilgan xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu Kodeksning 399-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha ko‘riladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida ishni nazorat tartibida ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari ishtirok etadi va o‘zi keltirgan protestni qo‘llab-quvvatlaydi yoki ish yuzasidan fikrini bayon etadi.
Ishni nazorat tartibida ko‘rishda barcha masalalar ko‘pchilik ovoz bilan hal etiladi.
Protestni qanoatlantirishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar teng bo‘lib qolganda, protest rad qilingan hisoblanadi.
Ishni nazorat tartibida ko‘rish natijalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati ajrim, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati esa qaror qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ajrimi sudning butun tarkibi tomonidan imzolanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Ajrim yoki qaror ishda ishtirok etuvchi shaxslarga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151, 152, 430, 432, 436-moddalari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling