O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Davlatga sud xarajatlarining o‘rnini qoplash


Download 284.5 Kb.
bet61/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

141-modda. Davlatga sud xarajatlarining o‘rnini qoplash
Ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan va da’vogar to‘lashdan ozod qilingan sud chiqimlari hamda davlat boji javobgardan arz qilingan talablarning qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi.
Arz qilingan talablarni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda sudning ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlari da’vogardan davlat daromadiga undiriladi.
Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan, javobgar esa sud xarajatlarini to‘lashdan ozod qilingan bo‘lsa, sudning ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlari sud xarajatlarini to‘lashdan ozod qilinmagan da’vogardan talablarining rad etilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi.
Agar har ikki taraf ham sud xarajatlarini to‘lashdan ozod qilingan bo‘lsa, sudning ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlari davlat hisobiga o‘tkaziladi.
Javobgarni qidirish ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan tartibda e’lon qilingan taqdirda, sud qidiruv ishi bo‘yicha qilingan xarajatlarni javobgardan davlat daromadiga undiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 127 — 128, 132-moddalari, 399-moddasi uchinchi qismi, 419-moddasi uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 10, 18-bandlari.
142-modda. Sud xarajatlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ajrimlar ustidan shikoyat qilish
Sud xarajatlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
14-bob. Protsessual majburlov choralari
143-modda. Protsessual majburlov choralarining turlari
Protsessual majburlov choralari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda majburiy keltirish;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 144, 186, 222-moddalari.
2) ogohlantirish;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 145-moddasi birinchi, to‘rtinchi qismlari.
3) sud majlisi zalidan chiqarib yuborish;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 145-moddasi ikkinchi, uchinchi qismlari.
4) sud jarimasi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 57-moddasi ikkinchi qismi, 60-moddasi ikkinchi qismi, 62-moddasi uchinchi qismi, 64-moddasi uchinchi qismi, 86-moddasi uchinchi qismi, 92-moddasi uchinchi qismi, 110, 146 — 149-moddalari.
Shaxsga nisbatan protsessual majburlov choralarining qo‘llanilishi uni ushbu Kodeksda yoki sud tomonidan belgilangan tegishli majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 15-moddasi, 23-moddasi birinchi qismi, 40-moddasi uchinchi qismi, 44-moddasi birinchi qismi, 48-moddasi birinchi, ikkinchi qismlari, 51-moddasi birinchi qismi, 52-moddasi ikkinchi qismi, 57, 60-moddalari, 62-moddasi ikkinchi, to‘rtinchi qismlari, 64-moddasi ikkinchi, to‘rtinchi qismlari, 72-moddasi birinchi qismi, 82-moddasi, 85-moddasi birinchi qismi, 86-moddasi, 90-moddasi ikkinchi qismi, 92-moddasi, 163-moddasi, 168-moddasi birinchi qismi, 186-moddasi, 190-moddasi ikkinchi qismi, 212-moddasi to‘rtinchi qismi, 220-moddasi to‘rtinchi qismi, 302-moddasi birinchi qismi, 313-moddasi birinchi qismi, 318-moddasi ikkinchi qismi, 322-moddasi ikkinchi qismi, 334-moddasi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling