O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sud chiqimlarini to‘lash uchun mablag‘larni kiritish tartibi


Download 284.5 Kb.
bet58/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

135-modda. Sud chiqimlarini to‘lash uchun mablag‘larni kiritish tartibi
Guvohlar, ekspertlar va mutaxassislarga, tarjimonlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar yoki joyida ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga doir xarajatlar uchun zarur bo‘lgan summalar tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan taraf tomonidan sudning depozit hisobvarag‘iga oldindan kiritiladi. Agar bu iltimosnoma ikkala taraf tomonidan berilgan bo‘lsa yoki guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni, tarjimonlarni chaqirish, joyida ko‘zdan kechirish sudning tashabbusi bilan amalga oshirilsa, talab qilinadigan summani taraflar teng miqdorda kiritadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, to‘lanishi lozim bo‘lgan summa ekspertga sud tomonidan depozit hisobvarag‘idan to‘lanishi mumkin. Bu summa ishda ishtirok etuvchi shaxslardan sud hujjati chiqarilayotganda sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilgan holda ushbu Kodeksga muvofiq undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 14-bandi.
136-modda. Vakilning yordami uchun haq to‘lashga doir xarajatlarning o‘rnini qoplash
Hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan vakilning yordami uchun to‘lashga doir xarajatlarni oqilona miqdorlarda undirib beradi.
Agar hal qiluv qarori o‘z foydasiga chiqarilgan tarafga advokat belgilangan tartibga muvofiq bepul yordam ko‘rsatgan bo‘lsa, bu summa boshqa tarafdan advokatlar byurosi (hay’ati, firmasi) foydasiga undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65 — 67-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandi birinchi, beshinchi xatboshilari.
137-modda. Yo‘qotilgan vaqt uchun haq undirish
Sud insofsizlik bilan asossiz talab arz qilgan yoki da’voga qarshi nizolashgan yoxud ishning to‘g‘ri va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda hal etilishiga muntazam qarshilik qilib kelgan taraf zimmasiga amalda yo‘qotilgan vaqt uchun ikkinchi taraf foydasiga haq to‘lash majburiyatini yuklatishi mumkin. Undiriladigan haq sud tomonidan oqilona miqdorda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 132-moddasi birinchi qismi 5-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandi oltinchi xatboshisi, 17-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling