O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Da’voning bahosini belgilash tartibi
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 131-modda. Da’voning bahosi o‘zgartirilganda davlat bojini hisoblash
- 132-modda. Ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlar
130-modda. Da’voning bahosini belgilash tartibi
Da’voning bahosi da’vogar tomonidan ko‘rsatiladi. Da’vogar ko‘rsatgan baho talab qilinayotgan mol-mulkning haqiqiy qiymatiga muvofiq emasligi yaqqol bo‘lsa, da’voning bahosini sudya belgilaydi. Da’vo taqdim etilgan vaqtda uning bahosini belgilash qiyin bo‘lsa, davlat bojining miqdorini sudya dastlabki tarzda belgilaydi va keyinchalik ishni hal qilish chog‘ida sud belgilagan da’vo bahosiga muvofiq, davlat bojining to‘lanmagan qismi undiriladi yoki ortiqcha olingan qismi qaytariladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 128, 129-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasi oltinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.11.1994-yildagi “Davlat boji stavkalari haqida”gi 533-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 1- bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandi to‘rtinchi xatboshisi, 6-bandi. 131-modda. Da’voning bahosi o‘zgartirilganda davlat bojini hisoblash To‘langan davlat boji da’vogar o‘z talablarini kamaytirgan, arz qilingan talablaridan voz kechgan, taraflar ishni kelishuv bitimi bilan tamomlagan hollarda qaytarilmaydi. Arz qilingan talablar ko‘paytirilganda yetishmayotgan summa da’voning ko‘paytirilgan bahosiga muvofiq ravishda qo‘shimcha tarzda to‘lanadi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 128 — 130-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasi sakkizinchi-to‘qqizinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining to‘rtinchi xatboshisi. 132-modda. Ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlar Ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 56, 58, 61, 63-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 03-iyuldagi “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi Qonuni. 2) joyida ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 13-moddasi, 78-moddasi ikkinchi qismi, 90, 93-moddalari, 104-moddasi ikkinchi qismi, 135-moddasi, 204-moddasi birinchi qismi 8-bandi, 233, 237, 239-moddalari. 3) ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 42-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandi. Oldingi tahrirga qarang. 31) sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlari; (132-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuniga asosan 31-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son) 4) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 71-moddasi uchinchi qismi, 83-moddasi, 204-moddasi birinchi qismi 14-bandi, 208-moddasi uchinchi, beshinchi qismlari, 209-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandi. 5) sud tomonidan tan olingan boshqa zarur xarajatlar. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 94-moddasi to‘rtinchi qismi, 136, 137-moddalari. Oldingi tahrirga qarang. Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvarag‘iga kiritilishi lozim. (132-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar summasi sud tomonidan belgilanadi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni ko‘rish natijalariga ko‘ra ushbu Kodeksga muvofiq undiriladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandi. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling