O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Arizani ko‘rmasdan qoldirish asoslari
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
122-modda. Arizani ko‘rmasdan qoldirish asoslari
Sud quyidagi hollarda arizani ko‘rmasdan qoldiradi, agar: 1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 42-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 22-moddasi. 2) manfaatdor shaxs nomidan ariza ish yuritishga vakolati bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa; 3) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki hakamlik sudining ish yurituvida ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa; 4) taraflar o‘rtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish to‘g‘risida hakamlik bitimi tuzilgan bo‘lsa; LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-64-sonli “Hakamlik sudlari to‘g‘risida” Qonunning 11 — 13-moddalari. 5) ishni o‘zining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan taraflar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha ham uzrli sabablarsiz sudga kelmasa, sud esa ishga oid mavjud materiallar asosida ishni hal qilish mumkin emas, deb hisoblasa; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 221-moddasi. 6) ishni o‘zining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan da’vogar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha sudga kelmasa, javobgar esa ishni mazmunan ko‘rishni talab qilmasa; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 221-moddasi. 7) alohida tartibda yuritiladigan ishni muhokama qilish vaqtida sudga taalluqli huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqsa; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 293-moddasi. 8) xotini homilador bo‘lgan vaqtda yoki bola tug‘ilganidan keyin bir yil davomida er xotinining roziligisiz nikohni bekor qilish to‘g‘risida da’vo taqdim etgan bo‘lsa; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi 39, 40-moddalari. 9) da’vogar tomonidan arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida ariza berilgan bo‘lsa; 10) da’vogar tomonidan nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 384-moddasi ikkinchi qismi. Oldingi tahrirga qarang. 101) da’vogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etmagan bo‘lsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa; 102) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish haqida iltimosnoma bilan arz qilgan taraflar uni amalga oshirish muddati tugaganidan so‘ng sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmasa; 103) taraflar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilgan bo‘lsa; (122-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan 101, 102 va 103-bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son) 11) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qonunda belgilangan muddatdan oldin yoki egasiz mol-mulkni (ashyoni) aniqlash va hisobga olishning qonunda nazarda tutilgan tartibi buzilgan holda berilgan bo‘lsa. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksining 293-moddasi 8-bandi, 327 — 330-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 191-moddasi. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling