O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Arizani ko‘rmasdan qoldirish tartibi va oqibatlari


Download 284.5 Kb.
bet53/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

123-modda. Arizani ko‘rmasdan qoldirish tartibi va oqibatlari
Arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi. Ajrimda sud ishning hal etilishiga to‘sqinlik qilayotgan, ushbu Kodeks 122-moddasining 2, 5, 6, 7, 8, 10 va 11-bandlarida sanab o‘tilgan holatlarni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatishi shart.
Sud ushbu Kodeks 122-moddasining 1, 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani ko‘rmasdan qoldirib, ajrimda davlat bojini qaytarish va da’voni ta’minlash yuzasidan ko‘rilgan choralarni bekor qilish haqida ko‘rsatadi.
Ushbu Kodeks 122-moddasining 5, 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani ko‘rmasdan qoldirish haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Arizani ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganidan keyin manfaatdor shaxs sudga ariza bilan umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qarorining 15-bandi o‘ttiz birinchi xatboshilari.
12-bob. Ish yuritishni tugatish
124-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar:
1) ish sudga taalluqli bo‘lmasa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 26, 27-moddalari.
2) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki ma’muriy sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish to‘g‘risidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud bo‘lsa;
3) da’vogar arz qilingan talablaridan voz kechgan va sud bu voz kechishni qabul qilgan bo‘lsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 44-moddasi ikkinchi qismi, 226, 394, 414-moddalari.
4) taraflar kelishuv bitimi tuzgan va u sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 44-moddasi to‘rtinchi qismi, 166 — 169, 226, 394, 414-moddalari.
5) hakamlik sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 354,357-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni 39, 50, 53-moddalari.
6) ish bo‘yicha taraflardan biri bo‘lgan fuqaroning vafotidan so‘ng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;
7) ish bo‘yicha taraf bo‘lib qatnashayotgan tashkilot tugatilgan bo‘lsa.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qarorining 10 — 12-bandlari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling