O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turish vaqti
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
118-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turish vaqti
Ish yuritish: 1) ushbu Kodeks 116-moddasining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — huquqiy voris ishga kirishguniga yoki ishga jalb qilinguniga qadar yoxud muomalaga layoqatsiz shaxsga qonuniy vakil tayinlanguniga qadar; 2) ushbu Kodeks 116-moddasining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda — tarafning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida bo‘lishi tugaguniga qadar; 3) ushbu Kodeks 116-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — sudning hal qiluv qarori yoki hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoki ma’muriy tartibda ko‘rilayotgan ish bo‘yicha qaror chiqarilguniga yoxud tergov tamom bo‘lguniga qadar; 4) ushbu Kodeks 116-moddasining 5-bandida nazarda tutilgan hollarda — chet davlat sudining yoki hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi yoxud uning ijrosini to‘xtatib turish haqidagi iltimosnoma chet davlatning vakolatli organi tomonidan hal qilinguniga qadar; Oldingi tahrirga qarang. 41) ushbu Kodeks 116-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tugaguniga qadar, biroq oltmish kundan ortiq bo‘lmagan muddatda; (118-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan 41-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son) 5) ushbu Kodeks 117-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishincha tarafning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibida muddatli haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishi tugaguniga yoki mazkur shaxslar davlat majburiyatini bajarib bo‘lguniga qadar; 6) ushbu Kodeks 117-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — taraf davolash muassasasidan chiqquniga yoki tarafning sudga kelishiga to‘sqinlik qilayotgan kasallik tuzalguniga qadar; 7) ushbu Kodeks 117-moddasining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda — javobgarni qidirish tugallanguniga qadar; 8) ushbu Kodeks 117-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — taraf qaytguniga qadar; 9) ushbu Kodeks 117-moddasining 5-bandida nazarda tutilgan hollarda — ekspertiza o‘tkazish bo‘yicha harakatlar tugaguniga qadar; 10) ushbu Kodeks 117-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud topshirig‘ini ijro etish bo‘yicha harakatlar tugaguniga qadar to‘xtatib turiladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 20-bandi birinchi xatboshisi. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling