O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Qarzdorga sud buyrug‘ining ko‘chirma nusxasini yuborish


Download 284.5 Kb.
bet78/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

179-modda. Qarzdorga sud buyrug‘ining ko‘chirma nusxasini yuborish
Sud buyrug‘i berilganidan keyin sud uning ko‘chirma nusxasini darhol qarzdorga yuboradi.
Sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 170, 178-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 20-bandi.
180-modda. Sud buyrug‘ining qonuniy kuchga kirishi
Sud buyrug‘i u berilgandan so‘ng o‘n kunlik muddat o‘tgach qonuniy kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 170, 178-moddalari.
181-modda. Sud buyrug‘ini bekor qilish
Qarzdor arz qilingan talabga qarshi e’tirozlarini buyruqni bergan sudga sud buyrug‘ining ko‘chirma nusxasini olgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda yuborishga haqli. Bunday holda sudya sud buyrug‘ini bekor qilib, bu haqda ajrim chiqaradi. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimda sudya undiruvchi bildirgan talab da’vo ishini yuritish tartibida taqdim etilishi mumkinligini tushuntiradi. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi ajrim berilganidan keyin uch kundan kechiktirmay undiruvchiga va qarzdorga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Alimentlar undirish to‘g‘risidagi sud buyrug‘i ijro ishini yuritish bo‘yicha undiruv tugaguniga qadar undiruvchining arizasiga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 170, 178-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 20, 21, 23, 24-bandlari.
2-kichik bo‘lim. Da’vo ishini yuritish

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling