O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni


Download 284.5 Kb.
bet74/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

172-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza sudga ushbu Kodeksning 5-bobida belgilangan sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari bo‘yicha beriladi.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida beriladi. Arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) undiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) hamda yuridik shaxsning rekvizitlari;
3) qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) hamda yuridik shaxsning rekvizitlari;
4) undiruvchining talabi va talabga asos bo‘lgan holatlar;
5) undirilayotgan qarzdorlik vujudga kelgan davr;
Oldingi tahrirga qarang.
51) to‘lanmagan to‘lovlar summasining hisob-kitobi va undiruv qaratilayotgan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan ko‘char mol-mulkning tavsifi;
(172-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuniga asosan 51-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
6) arz qilingan talabni tasdiqlovchi, ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizada undiruvchi yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Ko‘char mol-mulk talab qilingan taqdirda, arizada ushbu mol-mulkning qiymati ko‘rsatilishi lozim.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan berilayotgan arizaga uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 4-moddasi birinchi qismi birinchi, uchinchi xatboshilari, 173-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 2 — 5, 8 — 10-bandlari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling