O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish


Download 284.5 Kb.
bet72/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

169-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish
Sud kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etadi, agar uning shartlari:
qonun hujjatlariga zid bo‘lsa;
uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lsa.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 14-bandi.
Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 166-moddasi, 226-moddasi beshinchi qismi, 394-moddasi beshinchi qismi, 414-moddasi to‘rtinchi qismi.
II BO‘LIM. BIRINChI INSTANSIYA SUDIDA IShLARNI YuRITISh
1-kichik bo‘lim. Buyruq tartibida ish yuritish
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori.
18-bob. Sud buyrug‘i
170-modda. Sud buyrug‘iga oid umumiy qoidalar
Sud buyrug‘i nizosiz talablar bo‘yicha sud muhokamasi o‘tkazmasdan berilgan sud hujjatidir.
Sud buyrug‘i ijro hujjati kuchiga ega. Sud buyrug‘i bo‘yicha undiruv buyruq berilganidan keyin o‘n kunlik muddat o‘tgandan keyin va sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Aliment undirish va xodimga uch oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan ish haqini undirib berish to‘g‘risidagi sud buyruqlari darhol ijro etilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi ikkinchi qismi, 171 — 181-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 33-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi 1) kichik bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling