O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Kelishuv bitimining mazmuni
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 168-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish
167-modda. Kelishuv bitimining mazmuni
Kelishuv bitimi uni ijro etish muddati va tartibi ko‘rsatilgan holda taraflar tomonidan kelishilgan shartlarni o‘z ichiga olishi kerak. Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarning ijro etilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga (harakatlarga) bog‘liq qilib qo‘yishi mumkin emas. Kelishuv bitimida javobgar tomonidan majburiyatlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risidagi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi, qarzdan to‘liq yoki qisman voz kechish yoxud uni tan olish to‘g‘risidagi, sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shartlar va qonunga zid bo‘lmagan boshqa shartlar bo‘lishi mumkin. Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi shart mavjud bo‘lmasa, sud mazkur masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chog‘ida, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hal qiladi. Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta ortiq nusxada tuziladi va imzolanadi. Ushbu nusxalardan biri ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 166-moddasi. 168-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala sud majlisida taraflar albatta ishtirok etgan holda ko‘riladi, bunday kelishuv notarius tomonidan tasdiqlangan hollar bundan mustasno. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida ajrim chiqariladi, unda ish yuritish tugatilganligi ko‘rsatiladi. Kelishuv bitimi apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlari bekor qilinishi to‘g‘risida ajrim yoki qaror chiqariladi va ish yuritish tugatiladi. Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni ko‘rgan birinchi instansiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash masalasi kelishuv bitimi sudga taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimda kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi xulosa bo‘lishi kerak. Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Kelishuv bitimini tuzgan shaxslar uni ushbu bitimda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ravishda ijro etadi. Sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi, ushbu bitimda nazarda tutilgan muddatlarda ixtiyoriy ravishda ijro etilmagan taqdirda, u kelishuv bitimini tuzgan shaxsning iltimosnomasiga, sud xarajatlarini undirishga taalluqli qismi esa sudning tashabbusiga ko‘ra sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida, ushbu Kodeks qoidalari bo‘yicha majburiy ijro etilishi lozim. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 166, 169-moddalari, 203-moddasi ikkinchi qismi 3-bandi, 225, 226-moddalari, 278-moddasi uchinchi qismi, 394, 414-moddalari. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling