O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Javobgarning turish joyi noma’lumligi
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 165-modda. Javobgarni (qarzdorni) qidirish
- 17-bob. Yarashtirish tartib-taomillari
164-modda. Javobgarning turish joyi noma’lumligi
Javobgarning amaldagi turish joyi noma’lum bo‘lsa, javobgarning oxirgi yashash joyidagi aloqa tashkiloti, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoxud oxirgi ish joyidagi ish beruvchi (ma’muriyatning mansabdor shaxsi) sud chaqiruv qog‘ozining yoki boshqa xabarnomaning ikkinchi nusxasiga mazkur organlar yoki tashkilotlar sud chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani olganligi va uni chaqiriluvchining turish joyi noma’lumligi sababli unga topshirishning imkoni bo‘lmaganligi haqida yozib yuborgan ma’lumot sudga kelib tushgach, sud ishni muhokama qilishga kirishadi. 165-modda. Javobgarni (qarzdorni) qidirish Alimentlar undirish to‘g‘risidagi va mayib bo‘lish yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining o‘limi natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi da’volar bo‘yicha javobgarning (qarzdorning) amaldagi turish joyi noma’lum bo‘lgan taqdirda, javobgar (qarzdor) qidirilishi shart. Bunday hollarda sud ichki ishlar organlari tomonidan javobgarni (qarzdorni) qidirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 117-moddasi 3-bandi, 118-moddasi 7-bandi, 132-moddasi birinchi qismi 3-bandi, 141-moddasi beshinchi qismi, 164-moddasi. Oldingi tahrirga qarang. 17-bob. Yarashtirish tartib-taomillari (17-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son) Oldingi tahrirga qarang. 166-modda. Kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish Sud taraflarni yarashtirish uchun choralar ko‘radi, ularga fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga ko‘maklashadi. Taraflar kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib, nizoni o‘zaro talablarning to‘liq hajmida yoki qisman hal etishi mumkin. Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv da’vo tartibida yuritiladigan har qanday ish bo‘yicha tuzilishi mumkin. Kelishuv bitimi fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin. Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv yozma shaklda tuziladi va kelishuv bitimini, mediativ kelishuvni tuzgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi. Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi. (166-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 44-moddasi to‘rtinchi qismi, 49-moddasi uchinchi qismi, 131-moddasi birinchi qismi, 139-moddasi ikkinchi qismi, 167 — 169, 226-moddalari, 278-moddasi uchinchi qismi, 394, 414-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 14.09.2001-yildagi “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 22-sonli qarori 12-bandi. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling