O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari


Download 284.5 Kb.
bet82/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

190-modda. Arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari
Ariza javobgarlarning soniga mutanosib miqdordagi ko‘chirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno.
Sudya ishning murakkabligi va xususiyatiga qarab, arizaga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini javobgarlarning soniga mutanosib miqdorda taqdim etish majburiyatini da’vogarning zimmasiga yuklashi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur kodeksning 156-moddasi ikkinchi qismi, 188, 189-moddalari.
191-modda. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Arizaga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
1) arz qilinayotgan talablarga asos bo‘lgan holatlarni;
2) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligini, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini;
(191-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
4) arizani imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatni, agar ariza vakil tomonidan imzolangan bo‘lsa.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 68, 69-moddalari, 122-moddasi 10-bandi, 128 — 131, 189-moddasi birinchi qismi 7-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.11.1994-yildagi “Davlat boji stavkalari haqida”gi 533-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 1-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 1 — 12, 17 — 22-bandlari.
192-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish
Sudya arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish haqidagi masalani ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yakka tartibda hal etadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga arizachiga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 193 — 195-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi birinchi, ikkinchi xatboshilari, 12-bandi birinchi xatboshisi, 16-bandi birinchi, ikkinchi xatboshilari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling