O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 284.5 Kb.
bet90/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

22-bob. Sud muhokamasi
207-modda. Fuqarolik ishlarini ko‘rish va hal qilish muddatlari
Ishlar sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay sud tomonidan ko‘riladi va hal qilinadi. Bu muddat o‘ta murakkab ishlar bo‘yicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga ko‘ra ikki oygacha uzaytirilishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan ishlar mustasno.
Aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi ishlar hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha ishlar sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rilishi kerak.
Qarshi da’vo berilgan ish bo‘yicha ishni ko‘rish va hal qilish muddatining o‘tishi asosiy da’vo bo‘yicha ish sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran hisoblanadi.
Asosiy ishdan ajratilgan ishni, shuningdek birgalikda ko‘rish uchun bitta ish yuritishga birlashtirilgan ishlarni ko‘rish va hal qilish muddatining o‘tishi ushbu Kodeksning 197 va 198-moddalariga muvofiq hisoblanadi.
Ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud ajrimi ustidan shikoyat qilingan (protest keltirilgan) taqdirda, ishni ko‘rish va hal etish muddatining o‘tishi ish yuqori instansiya sudiga yuborilgan paytdan e’tiboran to u birinchi instansiya sudining ish yurituviga kelib tushguniga qadar to‘xtatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27, 45, 196 — 198, 205-moddalari.
208-modda. Sud majlisi
Ish muhokamasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni albatta xabardor qilgan holda sudning ochiq majlisida o‘tadi.
Yopiq sud majlislari qonunda nazarda tutilgan hollarda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talabiga yoki sudning tashabbusiga ko‘ra o‘tkaziladi.
Ochiq sud majlislari videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan sudning videokonferensaloqa rejimidagi majlisida bevosita ishtirok etish og‘zaki shaklda o‘tkaziladigan sud majlisida ishtirok etishga tenglashtiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 12-moddasi birinchi — beshinchi qismlari, 209-moddasi.
Sudning tashabbusiga ko‘ra yoki sud protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasi bilan sud majlisining audio- yoki videoyozuvi olib borilishi mumkin.
Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish zarur bo‘lgan taqdirda, shuningdek sud majlisida audio- yoki videoyozuvi vositalaridan foydalanilganda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni va sud protsessining boshqa ishtirokchilarini bu haqda ogohlantiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud protsessi ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir bo‘lganlar yozma qaydlar qilish huquqiga ega. Sud majlisini fototasvirga tushirish, audio- va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translatsiya qilinishiga taraflarning roziligi va sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
(208-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling