O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Sud buyrug‘ini berish tartibi va muddati
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 178-modda. Sud buyrug‘ining mazmuni
177-modda. Sud buyrug‘ini berish tartibi va muddati
Arz qilingan talabning mazmuni bo‘yicha sud buyrug‘i ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran uch kun ichida sudya tomonidan beriladi. Sud buyrug‘i sudya tomonidan undiruvchi va qarzdorni sudga chaqirmasdan, ularning tushuntirishlarini eshitmasdan yakka tartibda, sud muhokamasisiz beriladi. Sud buyrug‘i sudya tomonidan imzolanadi. Agar belgilangan muddatda qarzdordan sudga e’tiroz kelib tushmasa, sudya undiruvchiga sudning muhri bilan tasdiqlangan buyruq ko‘chirma nusxasini ijroga taqdim etish uchun beradi. Undiruvchining iltimosiga ko‘ra sud buyrug‘i ijro etish uchun bevosita sud tomonidan yuborilishi mumkin. Qarzdordan davlat bojini undirish uchun sudning muhri bilan tasdiqlangan sud buyrug‘ining alohida nusxasi bevosita sud tomonidan ijro etish uchun yuboriladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 170 — 174, 178-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 19-bandi. 178-modda. Sud buyrug‘ining mazmuni Sud buyrug‘ida quyidagilar ko‘rsatiladi: 1) ish yuritishning tartib raqami va buyruq berilgan sana; 2) sudning nomi, buyruq bergan sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi; 3) undiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili); 4) qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili); 5) talabni qanoalantirish uchun asos bo‘lgan qonun; Oldingi tahrirga qarang. 6) undirilishi lozim bo‘lgan pul summalarining miqdori yoki undiruv qaratilayotgan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan ko‘char mol-mulk, uning tavsifi va bahosi; (178-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son) 7) undirilayotgan qarzdorlik vujudga kelgan davr; 8) neustoyka miqdori, agar uning undirilishi qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa; 9) qarzdordan undirilishi kerak bo‘lgan davlat bojining summasi; 10) arz qilingan talabga qarshi qarzdor tomonidan e’tiroz taqdim etish muddati va tartibi. Voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish to‘g‘risidagi sud buyrug‘ida ushbu moddaning 1 — 5, 9, 10-bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagilar ko‘rsatiladi: qarzdorning tug‘ilgan sanasi va joyi, ta’minoti uchun aliment undirilishi lozim bo‘lgan har bir bolaning ismi va tug‘ilgan sanasi, qarzdordan har oyda undiriladigan to‘lovlar miqdori hamda ularni undirish muddati. Sud buyrug‘ining yozuvidagi xatolarni va ochiq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish sudning tashabbusi yoxud undiruvchining yoki qarzdorning arizasi bo‘yicha ushbu buyruq qanday tartibda berilgan bo‘lsa, shunday tartibda sudning ajrimi asosida amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 170, 177, 179-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 19-bandi birinchi xatboshisi. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling