O‘zbekiston respublikasining hisob palatasi to‘G‘risida
-modda. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
Download 70.96 Kb.
|
O‘zbekiston respublikasining hisob palatasi to‘G‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-modda. Auditorlik faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi
15-modda. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
Auditorlarni birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotlari auditorlarning respublika jamoat birlashmalaridir. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari auditorlarning kasbiy darajasini rivojlantirishga va saqlab turishga, ularning kasbiy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashishga da’vat etilgandir. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari: malaka imtihonlarini o‘tkazishda va test savollarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; auditorlar va auditorlik tashkilotlari tomonidan Xalqaro buxgaltyerlar federatsiyasining Xalqaro odob-axloq standartlari bo‘yicha kengashi tomonidan e’lon qilingan Professional buxgalterning odob-axloq kodeksiga (bundan buyon matnda Professional buxgalterning odob-axloq kodeksi deb yuritiladi) rioya etilishining tizimli monitoringi tashkil etilishini ta’minlaydi; auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi; renking o‘tkazishning yagona tartibini belgilaydi; renking o‘tkazilishini tashkil etadi va har yili 1-mayga qadar uning natijalarini o‘z rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi; auditorlarning respublika jamoat birlashmalari a’zolarining reyestrlarini yuritadi va ularni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi; zarurat bo‘lganda, buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning ishida ishtirok etadi; har yili 10-yanvarga qadar auditorlarning malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risidagi axborotni vakolatli davlat organiga taqdim etadi. 16-modda. Auditorlik faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi Auditorlik tashkilotlarining faoliyatiga aralashishga va auditorlik tashkilotiga, shuningdek uning xodimlariga qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 3-bob. Auditor va uning yordamchisi, auditorning malaka sertifikati 17-modda. Auditor. Auditorning yordamchisi Auditor o‘zi bilan auditorlik tashkiloti o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida bir vaqtning o‘zida faqat bitta auditorlik tashkiloti tarkibida ishlashi mumkin. Auditor o‘zi ishlaydigan faqat bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin. Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganligi munosabati bilan Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan auditorlik tashkilotini ilgari boshqargan auditor auditorlik tashkiloti Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan sanadan e’tiboran uch yil ichida boshqa auditorlik tashkilotining rahbari bo‘lishi mumkin emas. Auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan, auditorlik tashkilotida ishlovchi hamda auditorning topshirig‘iga ko‘ra auditorlik xulosasiga va auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa hujjatga imzo qo‘yish huquqisiz auditorlik tekshiruvida ishtirok etadigan jismoniy shaxs auditorning yordamchisidir. Auditorning yordamchisiga nisbatan uning auditorlik tekshiruvida ishtirok etishi chog‘ida o‘zi olgan ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati tatbiq etiladi. Download 70.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling