O’zbekiston respublikasining iqtisodiy o’sish ko’tsatkichi makroiqtisodiy tahlili
O'zbekistonda iqtisodiy o'sishni ta'minlashda jalb etilayotgan investitsiyalarning tahlili
Download 305.57 Kb.
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY O’SISH KO’TSATKICHI MAKROIQTISODIY
3.O'zbekistonda iqtisodiy o'sishni ta'minlashda jalb etilayotgan investitsiyalarning tahlili
Mamlakatimizda investitsiyalarni jalb etish borasida erishilgan yutuqlarimiz beqiyosdir. Makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, korxonalar ishlab chiqarishini, faoliyatini rivojlantirish maqsadida investitsiya dasturlari va loyihalari ishlab chiqildi. O'zdeuavto, Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodi, Sho'rtan gaz-kimyo kompleksi kabi sanoat gigantlari bilan birga iqtisodiyotimizning tarkibiy tuzilishi takomillashishiga, eksport hajmining oshishiga, YAIM hajmining barqaror ko'payishiga imkon bergan o'nlab yengil sanoat korxonalari, aloqa va transport sohasi ob'ektlari, boshqa ishlab chiqarish xarakteridagi korxonalar ishga tushirildi. Investitsiya muhitini yaxshilash, mamlakatimiz iqtisodiyotida izchillik bilan amalga oshirilayotgan tuzilmaviy o'zgarishlar va modernizatsiyalash jarayonlari keyingi yillarda investitsion faollikni ta'minladi. Hukumatimiz tomonidan qulay investitsiya siyosatini olib borish maqsadida quyidagi tamoyillarga ustuvorlik qaratilmoqda: tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish; respublika iqtisodiyotiga to'g'ridan-to'g'ri kapital qo'yilmalarning keng jalb qilinishini ta'minlovchi huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sharoitlarni yanada takomillashtirish; respublikaga jahon darajasidagi texnologiyalarni olib kiruvchi, milliy xo'jalikning zamonaviy tuzilmasini tashkil etishga ko'maklashuvchi chet el investorlariga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini bosqichma-bosqich olib borish; respublika mustaqilligini mustahkamlovchi hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishini o'zlashtirish bilan bog'liq muhim ustuvor yo'nalishlarga mablag'larni jamlashtirish . Bundan ko'rinadiki, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, zamon talablariga mos bo'lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqiqarish va, ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining keyingi ikkinchi to'lqini zarbasiga ijtimoiy-iqtisodiy talofatlarsiz bardosh berish, uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish bilan bog'liq masalalarni hal etishda majmuaviy yondoshuvlarga urg'u berilmoqda. Investitsion jozibadorlik ob'ekt sifatida muayyan bir miqyosda, ya'ni bironta loyiha, korxona, mintaqa, tarmoq hamda mamlakat darajasida ko'rilishi mumkin. E'tiborli jihati shundaki, mazkur tizimda korxona asosiy tayanch nuqta hisoblanib, har bir investitsiya loyihasi muayyan bir korxona miqyosida amalga oshiriladi, ushbu korxona esa iqtisodiy faoliyat turidan kelib chiqib, muayyan tarmoqqa (sohaga) tegishli bo'ladi. Shuningdek,, u ma'lum bir mintaqada joylashgani sababli mintaqaviy investitsiya jozibadorligini aks ettirsa, barcha mintaqalar birlashtirilganda mazkur ko'rsatkich mamlakat darajasida aks ettiriladi. 1-jadval O'zbekistonda investitsiyalar tarkibining o'zgarishi (foizda)
Download 305.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling