O’zbekiston respublikasining iqtisodiy o’sish ko’tsatkichi makroiqtisodiy tahlili
Download 305.57 Kb.
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY O’SISH KO’TSATKICHI MAKROIQTISODIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korsatkichlar 2007 2008
- Korsatkichlar 2020 йил 2021 йил
- 4. Barqaror iqtisodiy osishga erishishda aholining ish bilan bandligi va tabiiy osishining prognoz korsatkichlari tahlili.
1-jadval ma'lumotlaridan ko'rinadiki, investitsiyalarning moliyaviy manbalari tarkibida davlat byudjetining ulushi 2005 yildagi 12,7 foizdan 2021 yilda 4,5 foizga pasaygan. Chet el investitsiyalarining ulushi esa, aksincha, 19,2 foizdan 21,2 foizga ko'tarilgan.So'nggi yillarda investitsiyalar tarkibi, xususan, byudjetdan ajratiladigan investitsiyalar va bank kreditlarning salmog'i keskin o'zgardi.Ayni paytda investitsiyalarning moliyaviy manbalari tarkibiy tuzilishida ham sezilarli o'zgarishlar ro'y berdi. 2-jadval
O'zbekiston Respublikasida olib borilgan oqilona makroiqtisodiy siyosat natijasida yuzaga kelgan qulay investitsiya muhitiyaxshilandi. jumladan siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning ta'minlanganligi, soliq yukining pasaytirila borishi, bozor infratuzilmasining rivojlantirilishi, bank tizimining mustahkamlanishi va bakk foiz stavkalarining pasaytirilishi, investorlarga keng imtiyoz va kafolatlar tizimining yaratilganliga mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmining o'sishiga olib keldi. 2021 yilda iqtisodiyotga kiritilgan jami investitsiyalar hajmi 14,6 mlrd.AQSH dollarini tashkil qildi, shundan xorijiy investitsiyalar 3 mlrd.AQSH dollari, to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar 2,25 mlrd.AQSH dollarini tashkil qildi. 2020 yilga nisbatan investitsiyalar miqdori 110,9foizga o'sdi, YAIMga nisbatan esa 23 foizni tashkil qildi. Bu esa mamlakatimizda samarali investitsiya siyosati olib borilayotganligini tasdiqlaydi (2-jadval). Jahon tajribasidan ma'lumki, xududlarning mutanosib rivojlanishini ta'minlash, shuningdek, mamlakatga xorijiy investitsiyalar oqimini jadallashtirishning samarali usullaridan biri bu-erkin iqtisodiy zonalar tashkil etishdir.Investitsiya jarayonlarini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida 2021 yilda investitsiya hajmi sezilarli darajada ortdi. Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan 14,6 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Bu 2020 yil bilan taqqoslaganda, 10,9 foizga ko'p. 3-jadval Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi va tarkibi, mlrd. so'm2
- tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag'lari 3027,4 108,8 3843,7 113,83-jadvaldan ko'rinadiki, o'tgan yil davomida asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi va tarkibida ahamiyatli o'zgarishlar ro'y bergan. Yuqorida ta'kidlanganidek, asosiy kapitalga investitsiyalarning umumiy hajmi 33715,3 milliard so'mni tashkil qildi. Shu jumladan, markazlashgan investitsiyalar hajmi 110,6% ga, markazlashmagan investitsiyalar 109,3% ga o'sgan. O'sish sur'atlarini investitsiyalarning tarkibiy qismlari bo'yicha ko'rib chiqilsa, eng yuqori ko'rsatkich tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag'lariga to'g'ri kelgan 113,8% nitashkil etgan. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 5339,1 millyard so'm bo'ldi. Hozirgi paytda investitsiya faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish investitsiya siyosatining quyidagi yo'nalishlariga asosan amalga oshirilmoqda: - tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish borasida aniqmaqsadni ko'zlab siyosat o'tkazish, tovarlarni eksport qilishdahorijiy investorlar o'z daromaddaridan . foydalanishlari uchunimtiyozlar yaratish; - xorij kapital mablag'larini respublikaiqtisodiyotida jalb etish uchun huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart sharoitlarni yanada takomillashtirish; - milliy iqtisodiyotga jahon darajasidagi texnologiyalarni olib keladigan, iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni vujudga keltirishda yordam beradigan xorij, investorlariga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini o'tkazish; - mablag'larni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari: qishloq xo'jaligi, yoqilg'i- energetika kompleksi, sanoat va boshqa bazaviy tarmoqlarni rivojlantirishga hamda raqobatga qodir tayyor maxsulotlarni ishlab chiqarishga sarflash. Xozirgi paytda respublikada investitsiya bazasini rivojlantirish va chukurlashtirish islohotlar strategiyasining muxim sharti bo'lib hisoblanadi. Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish bo'yicha belgilangan vazifalarni bajarish, iktisodiyotni rivojlantirish borasidagi davlat investitsiya siyosatining ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari aktsiyalarga qo'yilgan qo'yilmalar hisobiga ham o'sishi mumkin. Respublika byudjeti zimmasiga esa istiqbolli investitsiya dasturlarini moliyalashtirish, shuningdek makroiqtisodiy tizim barqarorligini ta'minlashning asosiy sharti sifatida iqtisodiyotni balanslashtirishga erishishdan iborat vazifa yuklatilgan. Markazning asosiy funktsiyasi - byudjet-soliq vositasi orqali quyi bo'g'inlarga ta'sir etish va investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish, investitsiya talabini oshirish uchun qulay investitsiya muhitini yaratishga qaratilgan bo'lishi kerak. 4. Barqaror iqtisodiy o'sishga erishishda aholining ish bilan bandligi va tabiiy o'sishining prognoz ko'rsatkichlari tahlili. Barqaror iqtisodiy o'sishga erishishda aholi bandligini ta'minlash va mehnat resurslarini rivojlantirish bo'yicha deyarli barcha mamlakatlar shug'ullanadi va bu ishni amalga oshirishlari uchun, mehnat bozori bo'yicha dasturlarni moliyalashtirish uchun davlat tomonidan ajratiladigan barcha mablag'larning 30- 40 % hisobida mablag' ajratish turli darajada chora-tadbirlarni qo'llash yo'li bilan ishsizlik darajasini kamaytirib, bandlik darajasining yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lishini ta'minlaydilar. Aholining bandlik darajasimehnat resurslarining sifati va miqdori belgilari bo'yicha aholi mehnatga layoqatli yoshdagi qismining shakllanishi, uning iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida taqsimlanish xususiyatlari orqali aniqlanadi. Mehnat resurslarining sifatini ifodalovchi belgilar quyidagilardan iborat: - mehnatga layoqatli yoshdagi aholining salomatligi; - mehnatga layoqatli yoshdagi aholining yosh- jinsiy tarkibi; - mehnatga layoqatli yoshdagi aholining, migratsion faolligi; - mehnatga layoqatli yoshdagi aholining, ijtimoiy guruhlr bo'yicha taqsimlanishi unda bozor iqtisodiyoti bilan bog'langan so'nggi o'zgarishlar; Mehnat resurslarining miqdor belgilari bo'yicha mamlakatimizda muammo yo'q. Uning yaqin kelajakda paydo bo'lishi ehtimoli haqiqatdan uzoq. Mamlakatimiz uchun shu kundagi asosiy dolzarb muammo bu mehnat resurslarining sifatini yaxshilashdir. Hozirgi kunda O'zbekistonda 13,7 mln.ga. teng mehnatga layoqatli aholi mavjud. Bu ko'rsatkich tez sur'atlar bilan o'sishda davom etmoqda. 2010 yilda mehnat resurslarining soni 16 mln. kishini, 2025 yilda esa 18 mln. kishini tashkil etadi. Respublikamiz aholisining asosiy qismi qishloqlarda istiqomat qilishini hisobga olib, ko'proq e'tiborni qishloq mehnat resurslarini ish bilan ta'minlashga qaratish lozim. Qishloq mehnat resurslaridan samarali foydalanishni yaxshilash uchun quyidagi dolzarb muammolarga e'tiborni qaratish lozim, deb hisoblaymiz: qishloqdagi mehnat resurslarini boshqa tarmoqlarga,birinchi navbatda sanoatga va xizmat ko'rsatish sohalariga yo'naltirish; qishloq joylarda ayollar mehnatini ko'p talab qiluvchi va mahalliy xomashyo asosida ishlovchi sanoat tarmoqlarini barpo etish, ekport mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada oshirish sanoatning yangi ilg'or tarmoqlarini barpo etish; xizmat ko'satish sohalarining sifatini yanada yaxshilash va yangi tarmoqlarini yaratish; zamonaviy sanoat tarmoqlari uchun malakali mehnat resurslarini chet ellarda tayyorlashga e'tibor berish, malakasini oshirish kichik, biznesni rivojlantirish va boshqalar. 4-jadval ma'lumotlaridan bilishimiz mumkinki, respublikamizda aholi sonining dinamikasi o'sib borish xarakteriga ega. Har yili o'rta hisobda 1,5-1,7 foiz o'sish holati kuzatilgan. Shahar aholisi o'rtacha 1,1-1,6 foiz o'sishga ega bo'lsa, qishloq aholisi esa o'rtacha 1,8-2,3 foiz o'sish ko'rsatkichiga ega. 4-jadval. O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi aholining ko'rsatkichlari
Yangi ish o'rinlari tashkil etish, bandlikni ta'minlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari doimo e'tiborimiz markazida bo'lib qolmoqda.Ish o'rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash bo'yicha mintaqaviy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida 2021 yilda ham qariyb 1 mln.kishi ish bilan ta'minlandi. Bu ish o'rinlarining 60 foizdan ortig'i qishloq joylarda yaratildi. Bu borada kichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga 480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish hisobidan esa 210 mingdan ziyod ish o'rni tashkil etildi. 5-jadval. Yangi tashkil etilgan ish o'rinlarining tahlili (foizda)
Download 305.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling