O’zbekiston respublikasining iqtisodiy o’sish ko’tsatkichi makroiqtisodiy tahlili


Download 305.57 Kb.
bet6/9
Sana11.05.2023
Hajmi305.57 Kb.
#1453284
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY O’SISH KO’TSATKICHI MAKROIQTISODIY

Ko'rsatkichlar

2019

2020

2021

Jami

100

100

100

Yangi ob'ektlar va ularning kengayishi

9,2

10,5

10,1

Kichik korxona va mikrofirmalar

50,8

50,5

51,7

Huquqiy ta'limi bo'lmagan tadbirkorlar

12,1

12

11,3

Uyda ishlash

22,5

22,5

22,5

Ijtimoiy infratuzilma

3,5

2,5

2,7

Bozor infratuzilmasi

1,9

2

1,7

Agar iqtisodiyotimizda yangi tashkil etilayotgan ish o'rinlarini 2019-2021 yillarda tahlil etadigan bo'lsak, 50 foizdan oshig'i kichik korxona va mikrofirmalar ulushiga to'g'ri keladi. Bu esa mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka katta e'tibor berilayoganligidan va sezilarli darajada imtiyozlar yaratilayotganligidan dalolatdir. Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 55 foizni tashkil etmoqda. Keyingi yuqori ulushga ega bo'lgan ko'rsatkich bu uyda ishlash, ya'ni buyurtma asosida uyda ish tashkil qilish. Bunday ishlar ham o'rtacha jamiga nisbatan 22,5 foizdan iborat. Bunday holat yurtimizda kasanachilikning ham rivojlanayotganligini bildiradi. 2021 yilda yangi ish o'rinlarini tashkil etish jamiga nisbatan yangi ob'ektlar va ularning kengayishi 10,1 foiz, huquqiy ta'limi bo'lmagan tadbirkorlar 11,3 foiz, ijtimoiy infratuzilma 2,7 foiz va bozor infratuzilmasi 1,7 foizga teng bo'lgan (5-jadval).


6-jadval.


Iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo'lganlarning tarkibi (% da)



Ko'rsatkichlar

2019

2020

2021

Jami

100

100

100

Sanoat

13

12,9

12,8

Qishloq va o'rmon xo'jaligi

26,7

27

27,6

Qurilish

9,2

9,4

9,4

Transport va aloqa

5,2

5,3

5,3

Savdo va umumiy ovqatlanish

10,9

11.1

11,2

Uy-joy kommunal xo'jaligi va maishiy xizmat

3,5

3,5

3,6

Ta'lim va madaniyat

13,4

13,1

12,8

Moliya va kredit

0,5

0.5

0.5

Boshqa sohalar

9,9

9,8

9,6

Iqtisodiyot tarmoqlarida yangi ish o'rinlarini tashkil etishda qishloq va o'rmon xo'jaligi, ta'lim va madaniyat, sanoat tarmoqlari yuqori ko'rsatkichlarga ega. Jumladan, 2021 yilda jamiga nisbatan yangidan tashkil qilingan ish o'rinlarida sanoat 12.8 foiz, qishloq va o'rmon xo'jaligi 27,6 foiz, qurilish 9,4 foiz, transport va aloqa 5,3 foiz, savdo va umumiy ovqatlanish 11,2 foiz, uy-joy kommunal xo'jaligi va maishiy xizmat 3,6 foiz, ta'lim va madaniyat 12,8 foiz, moliya va kredit 0,5 foiz va boshqa sohalar 9,6 foizga ulushga teng bo'lgan (6-jadval).


Rivojlanishning o'ziga xos va mos yo'lini tanlagan O'zbekiston Respublikasi xalqining milliy mentaliteti, qadriyatlari va an'analarini hisobga olgan holda, iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish yo'lini belgilab oldi. Bunda asosiy ustuvor vazifa iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yanada erkinlashtirish va iqtisodiyotning turli sohalarini yanada rivojlantirishdan iborat bo'ldi.
Mamlakatimizda mehnatga layoqatli aholi bandligini ta'minlash maqsadida har yili yangi ish o'rinlari yaratilmoqda. Jumladan, 2022 yilda qariyb 1 mln.atrofida yangi ish o'rni tashkil etish nazarda tutilmoqda . Bu ish o'rinlari yangi yirik sanoat ob'ektlarini ishga tushirish, ishlab turgan korxonalarni rekonstruktsiya qilish va kengaytirish, kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni, xizmat ko'rsatish va servis sohalarini rivojlantirishni bundan buyon ham rag'batlantirish, kasanachilik imkoniyatlarini, shu jumladan, yirik korxonalar bilan kooperatsiyalashgan kasanachilik imkoniyatlarini kuchaytirish hisobidan tashkil etiladi.Ishlab chiqarish va ijtimoiy soha yetarli darajada rivojlanmagan, ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo'lgan tog'li, chegara hududlariga alohida e'tibor beriladi.
Ish o'rinlariga bo'lgan ehtiyojga demografik omil sezilarli va bevosita ta'sir o'tkazishni davom ettirmoqda.1985-1990 yillarda tug'ilish yuqori darajada bo'lib, o'sha davrda 37 promilleni tashkil etgani, ya'ni hozirgi vaqtdagiga nisbatan1,7 barobar ko'p bo'lgani natijasida mehnatga layoqatli yoshga kirayotgan aholining ildam o'sish sur'atlari saqlanib qolmoqda. 2020-2022 yillarda mehnat resurslari soni 17365,5 ming kishidan 18329,5 ming kishiga ko'payadi. Bu davrda iqtisodiy faol aholi soni 6,1 foizga ko'payadi va prognoz qilinayotgan davrda uning mehnat resurslari tarkibidagi ulushi 74,3 foizdan 74,5 foizga ortadi. Istiqbolda ish bilan
band bo'lgan aholi sonining ham ko'payishi kuzatilib, 2022 yilga kelib 13014,1 ming kishiga yetadi. Shu bilan birga, prognoz qilinayotgan davrda ishsizlar soni 626,8 ming kishidan 643,9 ming kishiga ortadi. Biroq, ishsizlik darajasining 2020 yildagi 4,8 foizdan 2022 yilda 4,7 foizgatushib, uning kamayishi kuzatiladi (7-jadval).
7-jadval.
O'zbekiston Respublikasida mehnat resurslarining prognoz ko'rsatkichlari, ming kishi


Download 305.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling