O’zbekiston respublikasining iqtisodiy o’sish ko’tsatkichi makroiqtisodiy tahlili
Download 305.57 Kb.
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY O’SISH KO’TSATKICHI MAKROIQTISODIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi ish orinlariga ehtiyoj, jami 1215,6 1222,6 1275,4
O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan qaraganda, hozirgi kunda yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasi, aholi farovonligini oshirish omili sifatida qaralmoqda. Mamlakatimizda ish bilan band aholining 74 foizidan ortig'i aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida bandligi bu sohaga e'tiborni yanada kuchaytirishni, jumladan, tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratishni ko'paytirishni va shu asosda yangi ish o'rinlarini tashkil etish, barqaror daromad manbalarini shakllantirishga zamin yaratish zarurligini taqozo etadi. Mamlakatimizda fermer xo'jaliklarini yanada taraqqiy ettirishda asosiy e'tibor agrar sohada islohotlarni chuqurlashtirish, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarida bozor tamoyillarini to'la qaror toptirish asosida qishloq aholisining farovonligini keskin oshirishga qaratilmoqda. XULOSA Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo'lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo'lgan iqtisodiy o'sish ko'proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o'sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo'lib, o'z ifodasini real YAIM hajmining oshishi hamda aholi jon boshiga nisbatanko'payishida topadi. Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o'sish sur'atlarini, omillarini o'rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy o'sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o'z mazmuniga ko'ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi. Iqtisodiy o'sishni prognozlash – bu iqtisodiy qonunlarga ilmiy yondoshgan holda iqtisodiy tizimlarni prognozlarini tuzish jarayonidir. Prognozlash ko'ra makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy prognozlarga ajratiladi.Tuzilish intervali bo'yicha operativ, qisqa muddatli va uzoq muddatli bo'lishi mumkin. Qisqa muddatli prognozda faqat miqdoriy o'zgarishlar e'tiborga olinadi. Uzoq muddatli prognoz ham miqdoriy, ham sifat o'zgarishlarga asoslangan bo'lib, o'z o'rnida o'rta muddatli va uzoq muddatli bo'lishi mumkin. Ishlab chiqarish funktsiyalari, resurslarni tumanlar yoki ishlab chiqarish tarmoqlari o'rtasida taqsimlashda ham qo'llanilishi mumkin. Cheklangan resurslarni (masalan, o'g'it, kapital qo'yilmalar va h.k.) tarmoqlar yoki xo'jaliklar o'rtasida taqsimlashda Lagranj ko'paytuvchilaridan foydalanib, ishlab chiqarishning regression tenglamalari sistemasi tuziladi. Ishlab chiqarish funktsiyalarining ikki asosiy tipi: bir-birining o'rnini bosuvchi resursli ishlab chiqarish funktsiyalari hamda bir-birini to'ldiruvchi resursli ishlab chiqarish funktsiyalari tiplari mavjuddir. 2014 yilda iqtisodiyotga kiritilgan jami investitsiyalar hajmi 14,6 mlrd.AQSH dollarini tashkil qildi, shundan xorijiy investitsiyalar 3 mlrd.AQSH dollari, to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar 2,25 mlrd.AQSH dollarini tashkil qildi. 2013 yilga nisbatan investitsiyalar miqdori 110,9 foizga o'sdi, YAIMga nisbatan esa 23 foizni tashkil qildi. Bu esa mamlakatimizda samarali investitsiya siyosati olib borilayotganligini tasdiqlaydi. 2022 yilda ish o'rinlariga bo'ladigan ehtiyoj parametrlari mehnat bozoridagi ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklif balansiga, shu jumladan, demografik vaziyatga, migratsiya jarayonlariga ta'sir ko'rsatadigan ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish omillari va tamoyillarini, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgartirishlar, sanoat, infratuzilma, investitsiya, monetar va fiskal siyosat chora-tadbirlari ta'sirini tahlil qilish asosida belgilangan. 2019-2022 yillarga mo'ljallanganmamlakat iqtisodiyotining strategik tarmoqlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturi quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan: 2019-2022 yillarga mo'ljallangan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ko'lamini kengaytirish choralari dasturi. 2019-2022 yillarga mo'ljallangan infratuzilmani, transport va kommunikatsion qurilishni rivojlantirishni jadal rivojlantirish dasturi. 2019-2022 yillarga mo'ljallangan moliya-bank tizimini yanada isloh etish va barqarorligini oshirishning ustuvor yo'nalishlari dasturi. 2019-2022 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasi sanoatini ustuvor yo'nalishlari dasturi. O'zbekiston iqtisodiyotini uzoq muddatli rivojlantirishning maqsadi va ustuvor yo'nalishlari jaxonning o'rtacha rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirish masalasi bilan bog'liqdir. Download 305.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling