O’zbekiston respublikasining iqtisodiy o’sish ko’tsatkichi makroiqtisodiy tahlili


Download 305.57 Kb.
bet1/9
Sana11.05.2023
Hajmi305.57 Kb.
#1453284
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY O’SISH KO’TSATKICHI MAKROIQTISODIY


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY O’SISH KO’TSATKICHI MAKROIQTISODIY TAHLILI.

REJA

I Kirish
II Asosiyqism

1. Iqtisodiy o'sishning nazariy-uslubiy asoslari


2. Iqtisodiy o`sish omillari va tiplari
3.O'zbekistonda iqtisodiy o'sishni ta'minlashda jalb etilayotgan investitsiyalarning tahlili
4. Barqaror iqtisodiy o'sishga erishishda aholining ish bilan bandligi va tabiiy o'sishining prognoz ko'rsatkichlari tahlili.

III.Xulosa


IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O'zbekistonda iqtisodiy o'sishga ta'sir etuvchi omillarni tadqiq qilish va ular o'zgarishini prognozlashtirish hamda ular asosida olingan natijalarni iqtisodiy hayotga tatbiq etish bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Mavjud iqtisodiy tizimni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish iqtisodiyotning rivojlanishidagi turli nomutanosibliklar hamda tanglik holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lida iqtisodiyotni jonlantirish, bir tekis rivojlantirish, barqaror iqtisodiy o'sishga erishish jarayoni qonuniy bosqich hisoblanadi. Iqtisodiy o'sish jarayoni iqtisodiy rivojlanishda inqiroz holatlarining oldini olish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o'zgartirishga yo'naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki davrida iqtisodiy o'sishni ta'minlashdan ko'zda tutilgan asosiy maqsad eng avvalo makroiqtisodiyotda muvozanatlikni ta'minlash, ishlab chiqarishni keskin darajada pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo'l qo'ymaslikdan iborat bo'ldi.
Keyingi paytlarda iqtisodiy o'sishga ta'sir etuvchi omillardan samarali foydalanish natijasida yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotning barqaror tarzda o'sayotganligini, inflyatsiya va boshqa makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning prognoz darajasida ekanligini kuzatishimiz mumkin.
“Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo'shimcha qiymatga ega bo'lgan tayyor tovarlar tashkil etdi.
Iste'mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2021 yilda 9,4 foiz, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 10 foizga o'sdi. Inflyatsiya darajasi yil yakunlari bo'yicha 6,1 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko'rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir” .
Iqtisodiy o'sishni ta'minlovchi strategik tarmoqlarda bir qator davlat dasturlari amaliyotga tatbiq etilishi natijasida mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining yuqori ko'rsatkichlarga erishayotganligi, infratuzilmalarning rivojlanishi, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi, samarali va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli yangidan-yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirmoqda. Bunday holat esa, O'zbekistonda iqtisodiy o'sishga ta'sir etuvchi omillar va ular o'zgarishini prognozlashtirishning naqadar dolzarbligini yana bir bor ochib beradi.
Kurs ishi maqsadi va vazifalari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O'zbekistonda iqtisodiy o'sishga ta'sir etuvchi omillar va ular o'zgarishini prognozlashtirish tizimini har tomonlama chuqur o'rganish asosida uniamalga oshirish mexanizmlari, qonuniyatlarining mohiyatini ochib berish va ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqishdir.Qo'yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab olindi:
• iqtisodiy o'sishning nazariy asoslarini ochib berish;
• O'zbekistonda iqtisodiy o'sishni ta'minlovchi omillar tizimining o'ziga xos
xususiyatlarini aniqlash;
• iqtisodiy o'sishga ta'sir etuvchi omillar va ular o'zgarishini prognozlashtirishning ob'ektiv zarurligini asoslash;
• iqtisodiyotning strategik tarmoqlari ularni rivojlantirish yo'nalishlarini belgilash;
• iqtisodiy o'sishni ta'minlovchi omillarni prognozlashtirish maqsadida innovatsiyalardan foydalanishni, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va tartibga solishni takomillashtirish masalalarini o'rganish;



Download 305.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling