O’zbekiston respublikasining iqtisodiy o’sish ko’tsatkichi makroiqtisodiy tahlili


Iqtisodiy o'sishning nazariy-uslubiy asoslari


Download 305.57 Kb.
bet2/9
Sana11.05.2023
Hajmi305.57 Kb.
#1453284
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY O’SISH KO’TSATKICHI MAKROIQTISODIY

1.Iqtisodiy o'sishning nazariy-uslubiy asoslari
Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo'li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o'sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy o'sish darajasi va sur'atlariga bog'liq. Iqtisodiy rivojlanish juda serqirra jarayon bo'lib, u o'z ichiga iqtisodiy o'sish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar, aholi hayotining sifati va shart-sharoitlarining takomillashuvini oladi. U hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo'yicha ro'y bermaydi.
Iqtisodiy rivojlanish o'z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o'zgarishlarini, ijobiy va salbiy tomonlarni olib notekis boradi.
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo'lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo'lgan iqtisodiy o'sish ko'proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o'sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo'lib, o'z ifodasini real YAIM hajmining oshishi hamda aholi jon boshiga nisbatanko'payishida topadi.
Iqtisodiy o'sishga tarixiy jihatdan yondoshilganda, u bir xil sur'atlarda va bir tekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o'sish sur'atlarining jadallashish, jiddiy pasayish va hatto qisqarishdavrlari ma'lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo'lsa, jahon va milliy iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o'sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo'ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o'sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o'zgarishlari shaklida ham namoyon bo'ladi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlab o'tganlaridek:
«Iqtisodiy rivojlanish sur'atlari haqida gapirganda... uning mezonlariga va eng avvalo, sifat ko'rsatkichlariga ko'proq e'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o'sishlar iqtisodiyotimizda yuz berayotgan tarkibiy o'zgarishlar, uning izchil va barqaror rivoji uchun xizmat qilishi, xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga, bir so'z bilan aytganda, amaliy hayotimizni yaxshilashga olib kelishi lozim». Shunday ekan, iqtisodiy o'sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi
hisobiga ko'payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Shuningdek, iqtisodiy o'sishni iqtisodiy kategoriya sifatida turli xil yondashuvlarni iqtisodiy adabiyotlarda kuzatishimiz mumkin. Masalan, xorijlik iqtisodchi olimlardan – E.Samuel`son, Kempbell R.Makkonel`, L.Bryu Stenlilar iqtisodiy o'sishning mohiyatini ochishda mamlakatda yaratilgan mahsulotning aholi jon boshiga to'g'ri keladigan ulushi, iqtisodiy jarayonlardagi davlatning roli, xalqaro savdo, tashqi qarz, kapital qo'yilma kabi iqtisodiy kategoriyalardan foydalanishgan.
Ingliz iqtisodchilaridan R.Xarrod, E.Domar va J.Keynsning tadqiqotlarini tahlil qiladigan bo'lsak, ular iqtisodiy o'sish modelini tuzishda yalpi talab, daromad, iste'mol, investitsiya kabi ko'rsatkichlarga asosiy e'tiborni berishadi, faqat Keyns takror ishlab chiqarish jarayonini qisqa muddatli oraliqda, Xarrod va Domarlar esa uzoq muddatli davrlarda tahlil qilishadi.
Umuman olganda biror iqtisodiy kategoriyaning mazmunini ochib berishda turli xil yondashuv, usul va uslubiyatlardan foydalanish mumkin. Lekin, yoritilayotgan asosiy g'oya, mazmun va mohiyat juda keskin farqlanishi kerak emas. Agar qaysidir g'oyada bir-birini inkor etuvchi fikrlar berilgan bo'lsa, demak, bu masalada hali ko'proq izlanishlar olib borish kerakligini bildiradi.
MDH olimlaridan A.Vidyapin, S.Menishikov, G.P.Juravleva va boshqalar ham iqtisodiy o'sishning mazmunini ochishda YAIM, YAMM, deflyator, inflyatsiya kabi ko'rsatkichlardan foydalanishgan.
T.Agapova, S.Seryoginalar ham oddiy takror ishlab chiqarish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jaryonlari hamda yalpi ichki mahsulotning jon boshiga ulushi orqali iqtisodiy o'sishni mohiyatini ochib berishgan.
Mahalliy iqtisodchi olimlardan SH.Shodmonov, U.G'afurovlar iqtisodiy o'sish murakkab jarayon bo'lganligi bois, yalpi ichki mahsulotning mutlaq hajmi, aholi jon boshiga ulushi va iqtisodiy resurs harajatlari birligiga ko'payishi orqali izohlaganlar.
A.Ishmuxamedov va Z.Djumaevlar esa iqtisodiy o'sishni oldingi davrga nisbatan taqqoslash orqali va aholi jon boshiga ulushi bo'yicha talqin qilishgan.
Umuman olganda bunday yondashuvlarning anchasini davom ettirish mumkin. Haqiqatan ham, iqtisodiy o'sish murakkab jarayon bo'lib, bu yerda iqtisodiy rivojlanish bilan iqtisodiy o'sish kategoriyalarini chalkashtirmaslik kerak. Negaki, iqtisodiy rivojlanish iqtisodiy o'sishga nisbatan keng tushuncha bo'lib, iqtisodiy o'sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy bir qismi hisoblanadi. To'g'ri, mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot iqtisodiy o'sishni aniqlovchi asosiy ko'rsatkich hisoblanib, bu yerda uning ko'payishida mutlaq hajmi, aholi jon boshiga ulushi, sarflanayotgan xarajatlarga nisbatan olinayotgan mahsulot hajmi va eng asosiysi qo'shimcha qiymatning ko'payishini hisobga olish zarur. Chunki, ba'zi hollarda narxlar oshishi evaziga ham mamlakatda yaratilgan mahsulot hajmi ko'paganga o'xshab ko'rinadi. Bundan tashqari aholi migratsiyasi va tabiiy ko'payishi holati ham muhim rol o'ynaydi.
Iqtisodiy o'sishni YAIM mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali o'lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog'liq bo'ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o'sishini YAIM mutloq hajmining ortishi orqali o'lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali o'lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo'llaniladi.
Mamlakatning iqtisodiy o'sish sur'atini tavsiflaydigan mazkur ko'rsatkichlar (real YAIM va aholi jon boshiga real YAIMning o'sishi) miqdoriy ko'rsatkichlar bo'lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to'liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o'sishini to'liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real YAIM va aholi jon boshiga YAIMning o'sishi bo'sh vaqtning sezilarli ko'payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko'rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o'sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga vainsonning hayotiga salbiy ta'sirini hisobga olmaydi.
Shunga ko'ra, iqtisodiy o'sishning barcha tavsifi yillik o'sish sur'atlarining foizdagi o'lchovida to'liq o'z ifodasini topadi:
, (1)
bu yerda:
O'S – iqtisodiy o'sish sur'ati, foizda;
ЯИМбазис давр – taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YAIM hajmi;
ЯИМжорий давр – joriy davr (yil)dagi real YAIMhajmi.
Iqtisodiy o'sishning ahamiyati to'g'risida gapirilganda uning darajasini ham e'tiborda tutish lozim. Iqtisodiy o'sish sur'atlarining ahamiyatlilik darajasi turli mamlakatlar real YAIMning hajmidan kelib chiqqan holda farqlanadi. Real YAIMhajmi nisbatan kichik bo'lgan mamlakatlar uchun 8-10% darajasidagi iqtisodiy o'sish sur'ati me'yordagi holat sanalishi, real YAIMhajmi juda katta bo'lgan mamlakatlar uchun 2-3% darajasidagi iqtisodiy o'sish sur'ati esa ahamiyatli
ko'rsatkich hisoblanishi mumkin.
Iqtisodiy o'sish sur'atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo'llaniluvchi «70 qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko'ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YAIMhajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o'sish sur'atiga bo'lish kerak bo'ladi. Masalan, mamlakatimizdagi o'sish sur'atining 7,7% darajasida YAIMni 2 baravar oshirish uchun 9,1 yil talab etiladi (70:7,7). Xolbuki, iqtisodiy o'sishning 2000 yildagi 4,0% darajasida bu ko'rsatkichga 17,5 yilda (70:4) erishish mumkin edi.
Keyingi yillarda iqtisodiy o'sish sur'atining yanada oshirilishi bu muddatning ahamiyatli ravishda qisqarishiga olib keladi.
Ijtimoiy mahsulotning o'sish sur'ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o'zgarishi o'rtasidagi nisbat iqtisodiy o'sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.
Ekstensiv iqtisodiy o'sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko'payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko'paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o'rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo'yicha xuddi o'shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o'zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o'sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg'or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo'llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potentsialidan yaxshiroq foydalanish yo'li bilan erishiladi. Intensiv yo'l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o'sishida, mahsulot sifatining oshishida o'z ifodasini topadi. Bunda
mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirish uchun mavjud korxonaga teng bo'lgan yana bir korxona qurishga hojat yo'q. Bu natijaga ishlab turgan korxonani rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin.
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo'lmaydi, balki muayyan uyg'unlikda, bir-biri bilan qo'shilgan tarzda bo'ladi. Shu sababli ko'proq ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o'sish turlarihaqida so'z yuritiladi.
Iqtisodiy o'sish murakkab va ko'pqirrali jarayondir. Shu sababli uni baholash uchun qandaydir bitta ko'rsatkich kifoya qilmaydi, muayyan ko'rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko'rsatkichlar tizimida naflilik (moddiy-ashyoviy) va qiymat ifodasidagi ko'rsatkichlar farqlanadi.
Iqtisodiy o'sishning naflilik (moddiy-ashyoviy) ko'rsatkichlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyatsiya ta'siriga berilmaydi), biroq ularni universal holda qo'llab bo'lmaydi (iqtisodiy o'sish sur'atlarini hisoblashda har xil ne'matlar ishlab chiqarishni umumiy ko'rsatkichga keltirish qiyin).Qiymat ko'rsatkichlar keng qo'llaniladi, ammo ularni har doim ham inflyatsiya ta'siridan to'liq «tozalash» mumkin bo'lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy o'sish sur'atlari qiyosiy yoki o'zgarmas narxlarda hisoblanadi. Chunki bunda ijtimoiy naflilikning umumiy ko'rsatkichi bo'yicha o'sish darajasini aniqlash mumkin bo'ladi.
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o'sishning asosiy ko'rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
1) YAIMva milliy daromadning mutloqhajmi va uning o'sish sur'ati;
2) YAIMva milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to'g'ri keladigan miqdori va uning o'sish sur'ati;
3) YAIMva milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to'g'ri keladigan miqdori va uning o'sish sur'ati.
Yuqorida ta'kidlanganidek, iqtisodiy o'sishni aniqlashda har uchala ko'rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha bo'ladi. Masalan, agar diqqat markazida iqtisodiy salohiyat muammosi tursa, birinchi ko'rsatkichdan foydalanish ko'proq mos keladi. Alohida mamlakat va mintaqalardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, ko'proq ikkinchi ko'rsatkichdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlikni baholashda uchinchi ko'rsatkichga ustuvorlik beriladi.
Iqtisodiy o'sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi ko'rsatkichlari ham mavjud bo'lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligining o'sishi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi.

Download 305.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling