22-modda. Rad qilish haqidagi arizalar
Ushbu Kodeksning
20
va
21-moddalarida
ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lsa, sudya, prokuror,
ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi va tarjimon o‘zini o‘zi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda
ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan ham shu asoslarga ko‘ra ularni rad qilish haqida arz qilinishi
mumkin. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, sud majlisi kotibini, tarjimonni rad qilish sudning
tashabbusiga ko‘ra ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
O‘zini o‘zi rad qilish yoki rad qilish haqidagi ariza asoslantirilgan bo‘lishi va ishni mazmunan
ko‘rish boshlanguniga qadar ma’lum qilinishi lozim.
Ishni ko‘rish davomida o‘zini o‘zi rad qilish yoki rad qilish haqida ariza berishga o‘zini o‘zi rad
qilish yoki rad qilish uchun asos o‘zini o‘zi rad qilish yoxud rad qilish haqida ariza bergan shaxsga
ishni mazmunan ko‘rish boshlanganidan keyin ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir asoslar bo‘yicha takroran rad qilish bildirilishi mumkin
emas. Takroran rad qilish bildirilgan taqdirda, u ko‘rib chiqilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
19 — 21
,
23
,
24-moddalari
, 42-moddasining
birinchi xatboshisi
, 165-
moddasining
birinchi
,
oltinchi xatboshilari
.
23-modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani hal etish tartibi
Rad qilish to‘g‘risida ariza berilgan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning,
shuningdek agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uning fikrini
eshitadi.
Ishni yakka tartibda ko‘rayotgan sudyani rad qilish to‘g‘risidagi masala sudning raisi, bir
tarkibli sudda esa shu sudya tomonidan hal qilinadi.
Ish hay’at tarkibida ko‘rilayotganda sudyani rad qilish to‘g‘risidagi masala rad qilinishi talab
etilayotgan sudyaning ishtirokisiz sud tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan hal qilinadi. Rad qilishni
yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng bo‘lib qolsa, sudya rad qilingan hisoblanadi.
Bir nechta sudyani yoki ishni ko‘rayotgan sudning butun tarkibini rad qilish to‘g‘risidagi
masala shu sud tarkibi tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan hal qilinadi.
Prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibining va tarjimonning o‘zini o‘zi rad qilishi yoki
ularni rad qilish to‘g‘risidagi masala ishni ko‘rayotgan sud tomonidan hal etiladi.
Sudyaning o‘zini o‘zi rad qilishi to‘g‘risidagi masala ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda
sud tomonidan hal etiladi.
Rad qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
19 — 22
,
24
,
195-moddalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |