27-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar jumlasiga yuridik shaxslarni hamda yuridik shaxs tashkil
etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va qonunda belgilangan tartibda yakka
tartibdagi tadbirkor maqomini olgan fuqarolarni, shuningdek pul majburiyatlari bo‘yicha
kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini
bajarishga qodir bo‘lmagan, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarni,
agar pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar ularning avvalgi tadbirkorlik
faoliyatidan kelib chiqqan bo‘lsa, bankrot deb topish to‘g‘risidagi ishlar kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunining
5
,
35
,
45-moddalari
, mazkur
Kodeksning
154-moddasi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
27.01.2006-yildagi “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim
masalalari haqida”gi 142-sonli
Qarori
.
28-modda. Hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlar
Hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) da’voni ta’minlash yuzasidan choralar ko‘rish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha ishlar;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 37-moddasining
uchinchi
va
to‘rtinchi qismlari
.
2) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalar bo‘yicha
ishlar;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
223-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi
Qonunining
46-moddasi
.
3) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish
to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha ishlar.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
228-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi
Qonunining
50
,
51-moddalari
.
Iqtisodiy sudlar ushbu moddaning
birinchi qismida
sanab o‘tilgan ishlarni ushbu Kodeksning
8
,
28
va
29-boblarida
ko‘rsatilgan xususiyatlar bilan birgalikda iqtisodiy sud ishlarini yuritishning
umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |