Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
1160-moddasi
.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar talablariga yoki e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan chet davlat
huquqi normalari mazmunini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim
etishi va ushbu normalarning
mazmunini aniqlashda iqtisodiy sudga boshqacha tarzda ko‘maklashishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
41-moddasi
.
Agar ko‘rilgan choralarga qaramay, chet davlat huquqi normalarining mazmuni aniqlanmasa,
iqtisodiy sud O‘zbekiston Respublikasining tegishli huquq normalarini qo‘llaydi.
15-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat
organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, boshqa organlar,
jamoat birlashmalari, korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar,
mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir hamda ushbu hujjatlar O‘zbekiston
Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
114-moddasi
, mazkur Kodeksning
334-moddasi
,
O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining
5-moddasi
.
Sud hujjatlarini bajarmaslik ushbu Kodeksda va boshqa
qonunlarda belgilangan
javobgarlikka sabab bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
232-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
181
,
198 -moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi
Qonuni
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining va Oliy xo‘jalik
sudi plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-son “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi
Qarori
.
Do'stlaringiz bilan baham: