O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

9-modda. Taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga
oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 43-moddasining
 beshinchi qismi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi
qo‘shma qarori 7-bandining 
ikkinchi xatboshisi
.
10-modda. Sud ishlari yuritiladigan til
Iqtisodiy sud ishlari o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi
so‘zlashadigan tilda yuritiladi.
Sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan sud protsessi ishtirokchilarining tarjimon orqali ish
materiallari bilan tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish hamda sudda o‘z ona tilida yoki erkin
tanlangan muloqot tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
Sud muhokamasi jarayonida qabul qilinadigan sud hujjatlari sud majlisi qaysi tilda o‘tkazilgan
bo‘lsa, o‘sha tilda tuziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
115-moddasi
, mazkur Kodeksning 
59-moddasi
,
279-moddasi birinchi qismining 
4-bandi 
va 
to‘rtinchi qismi
, 302-moddasining
 ikkinchi 
va 
uchinchi qismlari
,
O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining
 8-moddasi
.
11-modda. Sud muhokamasining oshkoraligi
Iqtisodiy sudlarda ishlar muhokamasi oshkora o‘tkaziladi.
Davlat sirini, tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni saqlash zarur bo‘lgan
taqdirda ishni yopiq sud majlisida eshitishga yo‘l qo‘yiladi. Ishni yopiq sud majlisida


videokonferensaloqa rejimida eshitishga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday majlisning audio- va
videoyozuvlari amalga oshirilmaydi.
Eshitish yopiq sud majlisida o‘tkazilgan taqdirda ishni elektron shaklda shakllantirishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora o‘qib eshittiriladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari sudning rasmiy veb-saytida taraflarning roziligi bilan
yoki shaxsi ko‘rsatilmagan tarzda e’lon qilinadi, bundan sudning yopiq majlisida qabul qilingan sud
hujjatlari mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 16-moddasining 
ikkinchi qismi
, O‘zbekiston
Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 
7-moddasi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling