O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

272-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish
Agar apellatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng uning
imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan yoxud mansab mavqeyi yoki


familiyasi va ismi, otasining ismi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa,
apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldiradi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud tomonidan ajrim
chiqarilib, uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 
197-
moddasida 
nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan kassatsiya
tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf
etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi
mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
62

197

259

260-moddalari
.
273-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni quyidagi
hollarda tugatadi, agar:
1) apellatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq apellatsiya tartibida shikoyat
qilinmaydigan ajrim ustidan berilgan va u apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yo‘l
qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;
2) apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan va u
apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;
3) apellatsiya shikoyati sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs
tomonidan berilgan bo‘lsa;
4) apellatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng shikoyat bergan shaxs
tomonidan shikoyatdan voz kechish to‘g‘risida ariza kelib tushgan bo‘lsa;
5) apellatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng protest keltirgan prokuror yoki
yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish to‘g‘risida ariza kelib tushgan bo‘lsa;
6) apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf
bo‘lgan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa;
7) apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf
bo‘lgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa.
Agar apellatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal
qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi
talablar bildirilgan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatining (protestining) bu
talablarga taalluqli qismi bo‘yicha ish yuritishni tugatadi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi,
uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 
197-moddasida
nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim ustidan
kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda ayni bir shaxsning ayni
shu asoslar bo‘yicha apellatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
41

42

46
, 269-moddasi birinchi qismining 
6-bandi

275-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling