O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni ko‘rish tartibi
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy protsessual kodeksi
274-modda. Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni ko‘rish tartibi
Apellatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ushbu bobda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda birinchi instansiya sudida ko‘rish qoidalari bo‘yicha ko‘radi. Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha birinchi sud majlisi apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak. Apellatsiya instansiyasi sudida: ishlarni birlashtirish to‘g‘risidagi; da’voning predmetini yoki asosini, da’vo talablarining miqdorini o‘zgartirish haqidagi; qarshi da’vo taqdim etish; ishda ishtirok etish uchun uchinchi shaxslarni jalb etish to‘g‘risidagi qoidalari, shuningdek ushbu Kodeksda faqat birinchi instansiya sudida ishni ko‘rish uchun belgilangan boshqa qoidalar qo‘llanilmaydi. Apellatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini o‘tkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi. Apellatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi. Ma’ruzachi ishning holatlarini, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining mazmunini, apellatsiya shikoyati (protesti) vajlarini va uning yuzasidan berilgan yozma fikrni bayon qiladi. Sud ma’ruzadan keyin sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi, ular apellatsiya shikoyatida (protestida) ko‘rsatilmagan vajlarni keltirishga va qo‘shimcha materiallar taqdim etishga ham haqli. Dastlab apellatsiya shikoyati bergan shaxs yoki uning vakili yoxud, agar ish protest bo‘yicha ko‘rilayotgan bo‘lsa, prokuror so‘zga chiqadi. Hal qiluv qarori ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat berilgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib da’vogar so‘zga chiqadi. Ushbu Kodeksning 50-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular sudning qarori ustidan shikoyat bermagan bo‘lsa, taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so‘zga chiqadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari eshitilganidan so‘ng apellatsiya instansiyasi sudi qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi. Sud muhokamasi tugaganidan keyin qabul qilingan qarorning xulosa qismi e’lon qilinadi va u ishga qo‘shib qo‘yiladi. Qaror besh kun ichida to‘liq hajmda tuziladi va imzolanadi. Raislik qiluvchi qarorning xulosa qismi e’lon qilinganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qarorning to‘liq hajmda tuzilishi va ularga yuborilishi muddatini, shuningdek qaror ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntiradi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling