O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

268-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Sudya apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad
etadi, agar:
1) apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
41

42-moddalari
.
2) apellatsiya shikoyati (protesti) qonunchilikka muvofiq apellatsiya tartibida shikoyat qilinishi
(protest keltirilishi) mumkin bo‘lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
3) apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan
bo‘lsa;
4) apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatining tiklanishi
rad etilgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
123-moddasi
.
5) apellatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib
olganligi) sababli apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim
mavjud bo‘lsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
275-moddasi
.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda
apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko‘rsatiladi,
apellatsiya shikoyatini berishda to‘langan davlat bojini qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma
nusxasi shikoyat (protest) va ilova qilingan hujjatlar bilan birga shikoyatni (protestni) bergan
shaxsga ushbu Kodeksning
 197-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim
ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim
bekor qilingan taqdirda, apellatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda
berilgan hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
259

260

266

269-moddalari
, 273-moddasi birinchi qismining 
2-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling