5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Apellatsiya shikoyatida shikoyat berayotgan shaxsning yoki
uning vakilining telefonlari,
fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
259 — 262
,
265-moddalari
.
264-modda. Apellatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxasini yuborish
Apellatsiya shikoyatini (protestini) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga
apellatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxasini va unga ilova qilingan,
bu shaxslarda
mavjud bo‘lmagan hujjatlarni yuborishi yoki tilxat bilan shaxsan topshirishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
259 — 263
,
265-moddalari
.
265-modda. Apellatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar
Apellatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
1) davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellatsiya shikoyati va unga ilova qilingan, ularda
mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini
tasdiqlovchi hujjat;
3) apellatsiya shikoyati vakil
tomonidan imzolangan taqdirda, uning imzolashga doir
vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
Apellatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga
apellatsiya protestining va
unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma
nusxalari
yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha
tarafning murojaati ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi.
Da’vo arizasini qaytarish yoki da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan
berilgan apellatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan da’vo arizasi va sudga taqdim etishda unga
ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
62
,
63
,
112
,
113
,
127
,
128
,
259 — 265-moddalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: